December 19, 2024

Kitob- hayot mash'alasi

N.M.Saidova

Bugungi kunda ta’lim jarayoni borasida olib borilayotgan islohotlarda o'quv jarayonlarini zamon talablariga mos tarzda tashkil qilish muhim omillardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Ayni haqiqatni o’z faoliyatining mazmuni deb bilgan tajribali ustoz, pedagogika fanlari doktori, professor Sh.Sh.Olimov Pedagogika kafedrasi a’zolaridan sifatli va mahoratli darslar o’tish bilan birgalikda, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratishni talab qilib kelmoqda.

Ayni ma'noda Pedagogika kafedrasining tajribali pedagoglari-pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori ,dotsent Sh.Farmonova , G.Habibova ,S.Djo'rayeva, Sh.Qurbonovalar universitet huzuridagi Axborot-resurs markaziga yo'l olishdi.

Kafedra ustozlari kitobning inson kamolotidagi o'rni haqida uzoq suhbatlashishdi. Jumladan ,pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori Sh.Farmonova o'z nutqida: "Kitobxonlik aynan oiladan boshlanadi" deb e'tirof etdi. Tajribali ustozlar kitobxonlik borasida juda ko'p mulohazalar yuritib, o'z fikrlarini bayon qilishdi. Xullas, kitobxonlikka bag'ishlangan suhbat juda mazmunli tashkil etildi.