April 25

"Kitobxonlik haftaligi" va "Karyera kuni-2025"

Kitob-insonni kamolotga yetaklovchi,ma'naviy dunyosini boyituvchi beminnat do'st. Kitob shunday qudratga egaki, undan bahramand bo'lgan,uni haqiqiy ma'noda uqqan, uning sehridan, nuridan oziqlangan kishigina yuksak ma'naviyatga, kuchli tafakkurga ega shaxs sifatida shakllanadi. Bugun respublikamiz bo'ylab kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga alohida e'tibor berib kelinmoqda.

Respublikamizda joriy yilning 21-27 aprel kunlari "Kitobxonlik haftaligi" o‘tkazilishi munosabati bilan Buxoro davlat universiteti Axborot-resurs markazida kitob yarmarkasi tashkil qilindi. Yarmarkada kitobxonlar uchun badiiy, o‘quv, ilmiy, siyosiy va boshqa adabiyotlar namoyish qilindi.

Jumladan ,Pedagogika kafedrasining faol va tajribali bir guruh professor-o'qituvchilari-N.Azimova, H.Ismatova,I.Rajabovalar ham universitetda tashkil etilgan "Kitobxonlik haftaligiga faol ishtirok etishdi.

Shuningdek, Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash eng muhim vazifa ekanligini chuqur anglagan universitet rahbariyati universitetining barcha ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari bitiruvchi-talabalari uchun joriy yilning 25-aprel kuni viloyatda bo‘sh ish o‘rinlariga ega korxona, tashkilot va ta'lim muassasalaridan iborat "KARYERA KUNI-2025" mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi."KARYERA KUNI-2025" mehnat yarmarkasida Pedagogika kafedrasining jonkuyar pedagoglari -dotsent B.T.Jo'rayev,M.Amonov,O.Ortiqov hamda professor N.Azimova, H.Ismatova, katta o'qituvchi S.Djo'rayevalar faol ishtirok etishdi.

Pedagogika kafedrasi