May 1

Ekstremistik  oqimlar  va aqidaparastlikdan  ogoh  bo'laylik!

Pedagog bu-oddiy kasb egasi emas , u qalblarni tarbiyalovchi ,insoniyat kelajagini shakllantiruvchi buyuk siymodir. Chin ma'noda pedagog faqat bilim beruvchi emas, balki shaxsiyat tarbiyalovchi, ruhiyatga nur sochuvchi Insondir.

Joriy yilning 1-may kuni professor Sh.Sh.Olimov rahbarligidagi Pedagogika kafedrasi prof.N.Musayeva, Filologiya fakulteti tyutorlari N.Safarova, K.Zulfiyeva, BuxDU profilaktika inspektorlari Sh.Qurbonov, Sh.Raxmatovalar tomonidan 6-1Rus22, 6-2Rus22 guruh talabalari ishtirokida yoshlar o'rtasida salbiy holatlarning oldini olish maqsadida "Ekstremistik oqimlar, missionerlik va aqidaparastlikdan ogoh bo'ling!" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Davra suhbatining asosiy maqsadi yosh avlodning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, zararli axborotlardan himoya qilishdan iborat bo'ldi.Suhbat so'ngida yosh olima Nodira Musayeva: "Yosh avlod qalbini bunyodkor g'oyalar bilan to'ldirish lozim"-deya alohida ta'kidlab o'tdi.