"Yashil makon" loyihasi Pedagogika kafedrasi amaliyotida!
Bugungi kunda yurtboshimizning ekologik vaziyatni yaxshilash, atrof-muhitni asrab-avaylash maqsadida " Yashil makon” umummilliy loyihasiga doir chora-tadbirlar amaliyotda keng tadbiq etib kelinmoqda. Xususan, San'atshunoslik va pedagogika fakulteti Pedagogika kafedrasi jamoasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar keng amalga oshirilib kelinmoqda.
2025-yil, 17-fevral kuni professor Sh.Sh.Olimov rahbarligidagi ahil jamoa -Pedagogika kafedrasi o'qituvchilari bu jabhada ham anchayin faol. “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ko’chat o’tqazish hamda atrof-muhitni tozalash tadbirlarida faol qatnashishni shior qilgan pedagoglar -S.Jabborova , M.Sa'dullayeva ,N.Saidova ,U.Tog'ayevalar kafedra yer maydonida buta va daraxt ko‘chatlari o‘tqazishdi. Zero,tabiatni asrash -avaylash har bir insonning burchi sanaladi.