Pedagogika kafedrasida siyosiy suhbat yoki Prezident farmoyishining amaldagi ijrosi
2025-yil, 15 -fevral kuni San'atshunoslik va pedagogika fakulteti Pedagogika kafedrasida professor Sh.Sh.Olimov rahbarligida "Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to'g'risida"gi Prezident farmoyishi to'g'risida siyosiy suhbat bo'lib o'tdi.
Siyosiy suhbatni kafedra mudiri ,professor Sh.Olimov o'zining kirish so'zi bilan boshlab berdi: "So'nggi yillarda mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini davlat ijtimoiy qo'llab-quvvatlash choralari bilan qamrab olish, ijtimoiy yordam va xizmatlar ko'rsatishning ijtimoiy adolat mezoniga asoslangan shaffof va raqamlashtirilgan yangi tizimni joriy etish bo'yicha tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda".
Siyosiy suhbat davomida kafedraning ma'naviyat ishlari bo'yicha mas'ul xodimi Sh.Qurbonova Prezident Farmoni bo'yicha o'z mulohazalarini bayon etdi: "Kambag'allikdan farovonlik sari"dasturida belgilangan "Saxovat va ko'mak","Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" jamg'armalari xalqning manfaatlariga qaratilgan.
Xullas, Pedagogika kafedrasida " Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to'g'risida"gi Prezident farmoyishi to'g'risida "gi siyosiy suhbat juda qizg'in ruhda o'tkazildi.