"Bitiruvchi-2025"yoki Pedagogika kafedrasida diplom taqdimoti!
Talabalik inson umrining oltin davriga qiyoslanadi. Chunki talabalik inson umrining takrorlanmas va unutilmas bahoridir. Unda mashaqqat, unda mehnat ,tinimsiz izlanishlar va kelajakka umid bor, albatta! Talabalik umidli qalblarni umr chorrahasi sari olib chiqadi. 2025-yil, 25-fevral kuni tajribali pedagog, professor Sh.Sh.Olimov boshchiligida "Bitiruvchi-2025" shiori ostida bitiruvchi talabalarga diplom taqdimoti o'tkazildi.
Diplom taqdimoti professor Sh.Sh. Olimovning kirish so'zi bilan boshlandi:" Siz bugun katta hayot sari qadam qo'ymoqdasiz. Bu kasbiy hayotda sizga oliy ta'limda olgan bilimlaringiz, ko'nikmalaringiz dasturamal bo'lib xizmat qiladi,"-deya alohida ta'kidladi.
Shuningdek, San'atshunoslik va pedagogika fakulteti dekani, professor S.S.Azimov, professor A.R.Hamroyev ,fakultetning yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari T.Muhammedovlar ham bitiruvchi talabalarni tabriklashdi.Katta hayot ostonasida hayajon bilan turgan bitiruvchi-talabalar ta'lim bergan ustozlariga o'z minnatdorchiliklarini izhor etishdi.