Malakaviy amaliyot -kasbiy faoliyat poydevori
Joriy yilning 3-aprel kuni professor Sh.Sh.Olimov rahbarligidagi Pedagogika kafedrasi professor-o'qituvchilari-dotsent Sh.Farmonova, katta o'qituvchi S.Djo'raveva,dotsent I.Rajabova, ma'naviyat ishlari bo'yicha kafedra mas'uli Sh.Qurbonova hamda N.M.Saidovalar umumta'lim maktablarida malakaviy amaliyot jarayonini o'tayotgan amaliyotchi-talabalar hayoti bilan qiziqishdi.
Ustozlik ostonasida turgan amaliyotchi-talabalar haqiqiy pedagog sifatida aynan maktab quchog'ida shakllanishini chuqur anglagan pedagoglar Buxoro shahridagi 32-umumiy o'rta ta'lim maktabida bo'lishdi.
Tajribali pedagoglar malakaviy amaliyotda muhim bo'lgan masalalar ,talab qilinadigan me'yoriy hujjatlar haqida kerakli tavsiyalar berishdi. Jumladan, dars tahlili, kundalik reja,dars ishlanmalari, tadbir bayonnomalarining yozilish tartibi singari qator me'yoriy hujjatlar haqida o'zlarining ilmiy maslahatlarini berib o'tishdi.
Tashrif davomida professor-o‘qituvchilar mazkur maktablarning o‘quv-tarbiya jarayonlari, ta’lim sifati hamda o‘qituvchilarning metodik faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Tajribali pedagoglar dars mashg‘ulotlarini kuzatib, o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlari, dars jarayonida qo‘llanilayotgan o‘qitish usullari va pedagogik yondashuvlar samaradorligini tahlil etishdi.