Malakaviy amaliyot-tajriba-sinov maydoni
Maktab-bilimlar ostonasi. Zero ,unda o'z kasbining bilimdonlari- tajribali pedagoglar shakllanadi. Malakaviy amaliyot esa bo'lajak pedagoglar kasbiy faoliyatida muhim o'rin tutadi. Ustozlik ostonasida turgan amaliyotchi-talabalar haqiqiy pedagog sifatida aynan maktab quchog'ida shakllanadi.
Mana shunday ezgu niyatlar bilan faoliyat ko'rsatayotgan San'atshunoslik va pedagogika fakulteti Pedagogika kafedrasi o'qituvchisi, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori Sh.Farmonova Buxoro shahridagi 39- umumiy o'rta ta'lim maktabida amaliyot jarayonini o'tayotgan talabalar hayotiga qiziqdi.
Tajribali va jonkuyar pedagog Sh.Farmonova sirtqi ta'lim yo'nalishi 9-3 BT-20 guruhi 5-kurs talabalarining amaliyot jarayonidagi muammolari haqida suhbat qildi. Amaliyotdagi qiyinchiliklar ,talab qilinadigan hujjatlar haqida kerakli tavsiyalar berdi. Jumladan, dars tahlili, kundalik reja kabi hujjatlarning yuritilishi borasida ilmiy maslahatlar berib o'tdi.
Sh.Farmonova o'z nutqida: "Maktab ostonasi- haqiqiy pedagoglarni shakllantirib berishda yagona o'choq"- deya e'tirof etdi. Amaliyotchi-talabalar ustozlar tashrifidan behad mamnun bo'lishdi.