Ilmiy jarayon - ilmiy muhokamalar maydoni
Ilm -cheksiz ummon. Unda mashaqqat ham , rohat ham makon topgan. Ilmiy jarayon tinimsiz izlanish va tinimsiz mehnat sabab o'z natijasini beradi. Aynan mana shu iborani o'z faoliyatining shioriga aylantirgan professor Sh.Sh.Olimov tashabbusi bilan tashkil etilgan ilmiy-uslubiy seminar davomiy tarzda o'tkazilib kelinmoqda.
Ilmiy-uslubiy seminarning navbatdagi mashg'uloti Pedagogika kafedrasi o'qituvchisi, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Saidova Nodira Mustakimovna tomonidan o'tkazildi. Unda pedagogika yo'nalishida ta'lim olayotgan tayanch doktarantlar ,mustaqil tadqiqotchilar ishtirok etishdi.
Nodira Saidova "Adabiyotlar va arxiv materiallarini o'rganish,kuzatish,suhbat,so'rov, test, eksperiment-empirik tadqiqot metodlari sifatida" mavzusida ma'ruza qildi. Nodira Saidova mavzu doirasida juda ko'p ilmiy tavsiyalar berib o'tdi. Jumladan, olib borilayotgan tadqiqot ishlarida eng avval, adabiyotlarni to'g'ri tanlash, arxiv materiallari bilan ishlash tartibini yo'lga qo'yish lozimligi alohida qayd etildi. Ya'ni dastlab, adabiyotlar ro'yxatining tuzilishi,asosiy nazariy manbalarning aniqlanishi hamda maqsadga muvofiq iqtiboslarning yozib olinishi ilova qilindi.
Shuningdek, "Kuzatish,suhbat, anketa-so'rov,test, eksperiment olib borishning o'ziga xos talablari aniq ilmiy dalillar asosida keng yoritilib berildi. Ilmiy-uslubiy seminarda ishtirokchilar juda faol qatnashishdi. Tinimsiz berilgan savollar, muhokamalar ilmiy-uslubiy seminarning ,ya'ni ilmiy jarayonning qizg'in bo'lishini ta'minladi. Mavzu mohiyatidan mamnun bo'lgan tadqiqotchilar ,doktarantlar mazmunli dars uchun Saidova Nodira Mustakimovnaga chuqur minnatdorchilik bildirishdi.