March 5

Amaliyotchi-talabalar pedagoglar nazoratida!


Malakaviy amaliyot talabalar kasbiy faoliyatida muhim o'rin tutadi. Ustozlik ostonasida turgan amaliyotchi-talabalar haqiqiy pedagog sifatida aynan maktab quchog'ida shakllanadi.


Mana shunday ezgu niyatlar bilan faoliyat ko'rsatayotgan San'atshunoslik va pedagogika fakulteti Pedagogika kafedrasi o'qituvchisi N.M.Saidova Buxoro shahridagi 8 -12-17-20- umumiy o'rta ta'lim maktablarida amaliyot jarayonini o'tayotgan talabalar hayoti bilan qiziqdi.


9-7 BTUS-20 guruhi talabalari Bekboyeva Mehrigiyo, Rustamova Madina, Nazarova Taxmina, Narzullayeva Nigoralar o'tayotgan amaliyot maktablarida bo'ldi. N.M.Saidova amalyotchi-talabalar bilan uzoq suhbat qildi. Amaliyotdagi qiyinchiliklar ,talab qilinadigan hujjatlar haqida kerakli tavsiyalar berdi. Jumladan, dars tahlili, dars mazmunnomasi, kundalik reja kabi hujjatlarning yuritilishi borasida ilmiy maslahatlar berib o'tdi.


N.M.Saidova o'z nutqida "Maktab ostonasi- haqiqiy pedagoglarni shakllantirib berishda yagona o'choq"- deya e'tirof etdi. Amaliyotchi-talabalar ustoz tashrifidan behad mamnun bo'lishdi.

Pedagogika kafedrasi