April 29

Kasbiy faoliyat ostonasi

Joriy yilning 29-aprel kuni San'atshunoslik va pedagogika fakulteti professor Sh.Sh.Olimov rahbarligidagi Pedagogika kafedrasining katta o'qituvchisi M.G'.Sa'dullayeva amaliyot jarayonini o'tayotgan talabalar faoliyati bilan qiziqdi hamda tajriba maydoni bo'lmish 5-47-o'rta umumta'lim maktablarida bo'ldi.

Tajribali pedagog Sa'dullayeva Maxfuza G'aybullayevna amaliyotchi-talabalarning amaliyotga qatnoviga alohida to'xtaldi. Amaliyot davridagi me'yoriy hujjatlar-dars mazmunnomasi,dars tahlili,kundalik daftarlarning yuritilishi ,xato va kamchiliklari ustida alohida to'xtaldi. Amaliyot davridagi talabalarning mas'uliyati haqida o'z mulohazalarini aytib o'tdi. Sa'dullayeva Maxfuza G'aybullayevna suhbat so'ngida :"Amaliyot-kasbiy faoliyatda tajriba ostonasi "-deya xulosaladi.