February 13

"Yashil makon" umummilliy loyihasi  pedagoglar tashabbusida!


2025 -yil yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilinganligi Yangi O‘zbekistonda ona tabiatni asrab-avaylab, ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilayotgan yuksak e’tiborning amaldagi ifodasi demakdir.


Daraxt va butalarning inson hayotidagi ahamiyati qanchalik muhimligi chuqur anglagan professor Sh.Sh.Olimov rahbarligidagi Pedagogika kafedrasi jamoasi atrof-muhitni yashil makonga aylantirishni o'z oldiga maqsad qilishdi.

2025-yil,13-fevral kuni Pedagogika kafedrasining jonkuyar pedagoglari -M.Umurova, G.Saidnazarova, O.Ortiqov, B.Jo'rayevlar hamda San'atshunoslik va pedagogika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari To'lqinjon Muhammedov boshchiligida fakultetga ajratilgan yer maydoniga daraxt va buta ko‘chatlari ekishdi.

Xullas, San'atshunoslik va pedagogika fakulteti Pedagogika kafedrasi jamoasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar keng amalga oshirilib kelinmoqda.

Pedagogika kafedrasi