February 26

Zulfiyaxonim-vafo va sadoqat timsoli 

O'zbek adabiyotining betakror shoirasi Zulfiya Isroilovaning 110 ylligi munosabati bilan respublikamiz bo'ylab tadbirlar ,davra suhbatlari o'tkazilib kelinmoqda. O'zbek shoirasi Zulfiyaxonim hayoti va unitilmas ijodini keng targ'ib qilishni maqsad qilgan Pedagogika kafedrasining tajribali pedagogi, katta o'qituvchi S.N.Djo'rayeva ikkinchi mutaxassislikda tahsil olayotgan 14-1 BTUIM-21 guruh talabalari bilan "Zulfiyaxonim-vafo va sadoqat timsoli" mavzusida davra suhbati o'tkazdi.

Davra suhbati davomida shoira haoti va ijodiga oid qiziqarli va ibratli ma'lumotlar aytildi. Shuningdek, talabalar tomonidan aytilgan she'r va ,qo'shiqlar ,ijro etilgan sahna ko'rinishlari ishtirokchilarni quvontirdi. Tajribali pedagog S.Djo'rayeva shoira hayoti va ijodiy faoliyati haqida juda ta'sirli so'zladi: " Shoira Zulfiyaxonim bosib o'tgan umr yo'li har bir o'zbek ayoli uchun ibrat maktabi bo'la oladi".

Pedagogika kafedrasi