May 27

Maktab va oliy ta'lim hamkorligi yosh psixolog tashabbusida!

Bugungi kunda ta'lim yo'lida olib borilayotgan islohotlar samarali natija bermoqda. Ayniqsa, maktab va oliy ta'lim hamkorligi bu boradagi fikrlarimizni tasdiqlaydi. Yoshlarning ruhan va ma'nan yetuk inson bo'lishlari yo'lida izlanishlar olib borishni astoydil maqsad qilgan Pedagogika kafedrasining yosh va talabchan pedagogi - Ismatova Halovat Baxtiyorovna o'zi ta'lim olgan Buxoro viloyati Peshku tumani 28- o'rta umumta'lim maktabi sari yo'l oldi.

Yosh psixolog Ismatova Halovat Baxtiyorovna o'zi ta'lim olgan ustozlari hamda bitiruvchi o'quvchilar bilan uzoq suhbat qildi. Bugungi kunda oliy ta'limdagi yo'nalishlar, maktab va oliy ta'lim o'rtasidagi uzviylik , o'zaro hamkorlik rishtalari haqida o'z fikr-mulohazalarini bayon etdi.

Tajribali psixolog inson ruhiyatining tetikligi ,ruhiy charchoq , o'z-o'ziga ishonch va hurmat, motivatsion nuqtalar, muammoli o'quvchilar bilan ishlash jarayonlari haqida psixologik tavsiyalar berdi. Maktab va oliy ta'lim o'rtasidagi aloqalarning mustahkam bo'lishi ta'lim sifati va samaradorligida muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta'kidlab o'tdi. Bu esa kelajak avlod saodati yo'lida poydevor vazifasini o'taydi.