May 21

Talabalar turar joyida mazmunli tadbirlar namoyishi

Joriy yilning 21-may kuni San'atshunoslik va pedagogika fakulteti professor Sh.Olimov rahbarligidagi Pedagogika kafedrasida "Kafedra kuni" keng nishonlanildi. Talabalar turar joyida yashovchi talabalar holidan xabar olish hamda ularning bo'sh vaqtlarini unumli tashkil qilishni shior qilgan kafedra jamoasi qator tadbirlarning haqiqiy ma'nodagi tashabbuskori sifatida faoliyat olib borishdi.

Kafedraning tajribali ustozi ,professor A.R.Hamroyev kafedra o'qituvchilari hamda talabalar o'rtasida "Zakovat " bilimlar tanlovini o'tkazdi. Ustoz -pedagog tomonidan berilgan qiziqarli savollar talabalar faolligiga sabab bo'ldi. Dotsent M.Ashurova, O'.Olloquva,M.Sa'dullayeva ,S.Jabborova,U.Tog'ayeva, dotsent Y.Po'latovalar ham tanlovda zo'r qiziqish bilan ishtirok etishdi.

Shuningdek, talabalarning aql-zakovatini sinash maqsadida "Shahska -aql mashqi" sport o'yini ham tashkil etildi. Talabalar va ustozlar bellashuvi o'tkazildi.

Kafedraning shijoatli va g'ayratli pedagogi ,dotsent Sh.Farmonova hamda psixolog H.Ismatovalar boshchiligida " Talaba psixologiyasi "mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida N.M.Saidova, dotsent Sh.Farmonovalar yoshlarning bugungi ruhiy olami haqida fikr yuritishdi.

Ayniqsa,psixolog H.Ismatova tomonidan olib borilgan psixologik -trening talabalar qiziqishiga sabab bo'ldi. Yosh psixolog jumboqli savollari bilan talabalar ruhiy olamini mahorat bilan tasvirlab berdi.

Kafedraning jonkuyar ustozi M.Umurova ,katta o'qituvchi S.Djo'rayeva ,professor N.Musayeva ,ma'naviyat ishlari bo'yicha mas'ul Sh.Qurbonova,dotsent I.Rajabova, dotsent M.Jumayevalar tomonidan "Kompyuter savodxonligi-davr talabi" nomli tanlov ham o'tkazildi. Xullas,ahil jamoaning barcha ustozlari "Kafedra kuni"da faol ishtirok etishdi.