"Yashil makon"loyihasi pedagoglar e'tiborida!
2025 -yil yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilinganligi xalq salomatligi yo'lidagi e'tibor ifodasi demakdir.Chunki ona tabiatni asrab-avaylab, ekologik barqarorlikni ta’minlash millat turmush tarzining salomatligi yo'lidagi asosiy mezondir.
"Yashil makon"loyihasining tarafdorlari bo'lmishprofessor Sh.Sh.Olimov rahbarligidagi Pedagogika kafedrasi jamoasi atrof-muhitni yashil makonga aylantirishni o'z oldiga maqsad qilishdi.
2025-yil, 20-fevral kuni Pedagogika kafedrasining jonkuyar pedagoglari -professor N.Azimova, katta o'qituvchi S.Djo'rayeva, tajribali pedagog G.Habibova,dotsent I.Rajabova hamda jonkuyar pedagog Sh.Qurbonovalar fakultetga ajratilgan yer maydoniga daraxt va buta ko‘chatlari ekishdi. Yurtimiz ravnaqi ,atrof-muhitning musaffoligi tarafdorlari bo'lgan tajribali pedagoglar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlarda anchayin faol.