Milliy liboslar-millat qiyofasining nishonasi
Har bir millatning milliylik ramzi milliy liboslarida o'z ifodasini topishi, shubhasiz. Ayniqsa, o'zbek xalqining ming yilik tarixga ega liboslarini ta'riflashga til ojiz.Atlas va adras kabi ko‘zni quvnatadigan, yorqin ranglari, takrorlanmas naqshlari bilan kishiga xush kayfiyat bag‘ishlaydigan milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassam.
Respublikamizda atlas va adras targ‘ibotini kuchaytirish, o‘zbek milliy liboslariga mehr uyg‘otish va ommalashtirish, zamonaviy kiyinishda o‘zbekona sharm-hayo me’yorlarini targ‘ib qilish, o‘zbekona kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadida "Milliy liboslar kuni" singari madaniy tadbirlar keng nishonlanib kelinmoqda.
Xuddi shunday tadbirlar Buxoro davlat universitetida ham katta shodiyona sifatida bo'lib o'tdi. San'atshunoslik va pedagogika fakulteti professor Sh.Sh.Olimov rahbarligidagi Pedagogika kafedrasi jamoasi ham madaniy-ma'rifiy tadbirda faol ishtirok etishdi. Zero,milliylik -har bir millatning qiyofasi demakdir!