To'garak faoliyatining amaldagi ifodasi
O'qituvchi bu-oddiy kasb egasi emas , u inson ruhiy olamining haqiqiy ma'nodagi yaratuvchisi. Chunki o'qituvchi-pedagog shogirdlari baxt-u iqboli yo'lida butun umrini safarbar qilishga tayyor turuvchi beminnat Inson . O'z shogirdlarining kasbiy faoliyatini bezab -ziynatlashni shior qilgan Pedagogika kafedrasining faol pedagoglari -katta o'qituvchilar Sh.Qurbonova ,M.Sa'dullayeva,dotsent M.Ashurova hamda talabchan o'qituvchi O'.Olloquvalar to'garak mashg'ulotlarining amaldagi ijrosida anchayin faol.
Joriy yilning 8-may kuni kafedra katta o‘qituvchilari Sh.N.Qurbonova hamda M.G.Sadulloyevalar “Sanoq sonlar ko‘rgazmali qurolini tayyorlash” mavzusidagi to‘garak mashg'uloti o'tkazishdi. Mashg'ulot davomida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy sifatlarini rivojlantirish, pedagogik qobiliyatini shakllantirish to‘g‘risida ma'lumotlar berildi. Xususan, о‘qituvchilar va tarbiyachilarning kasbiy mahorati hamda tajribasi bilan bog‘liq qator ilmiy tavsiyalar berib o'tildi.O‘qituvchining kasbiy mahoratidagi notiqlik hamda kasbga bo‘lgan tajribasi, ko‘rgazmali qurollarning yasalishida inson mehnatining roli haqidagi bahslar to‘garak ishtirokchilarida qiziqish uyg‘otdi. Tajribali pedagoglar -Sh.N.Qurbonova hamda M.G.Sadulloyevalar to'garak mashg'ulotini juda qiziqarli tashkil qilishdi.
"Jadidchilar izidan” to'garagining rahbari ,Pedagogika kafedrasi dotsenti M.S.Ashurova tomonidan "Sadriddin Ayniyning asarlari" mavzusida to‘garakning navbatdagi mashg'ulotini zo'r qiziqish bilan olib borildi. To'garak ishtirokchilari asar mazmunini muhokama qilishdi. Mashg'ulot jarayonida adib yashagan davr ruhi keng munozalarga sabab bo‘ldi. Ijodkorning “Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar” asarining muhokamasi talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Kafedra dotsenti M.Ashurova olib borayotgan "Jadidlar izidan" nomli to'garak talabalar dunyoqarashini kengaytirishda ,tafakkur olamining kengayishida o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatayotgani to'garak qatnashchilarining bahs-u munozaralaridan ayonlashdi.
Yosh pedagog O'.M.Olloqova tomonidan tashkil etilgan "Yosh metodist" to'garagi qatnashchilari navbatdagi mashg'ulotga zo'r qiziqish bilan ishtirok etishdi. To'garakda "Fanlardan tashqari mashg'ulotlar, ertaliklar va kechalarning ssenariysini yaratish, fan va san'at to'garaklarini tashkil etish" mavzusi muhokama qilindi. O‘.Olloqova jonkuyar ustoz sifatida talabalarga kasbiy faoliyatda muhim sanalgan omillar haqida ilmiy tavsiyalar berib o'tdi. Mashg'ulot jarayonida D.Q.Asqarovaning metodik qo'llanmasidan foydalanib, tadbirlarning ssenariysini tuzish, tashkil etish bilan bog'liq jarayonlar tushuntirildi.