Kreativ g'oyalar izlab...
Barkamol insonni tarbiyalash bugungi zamonamizning asosiy tamoyillaridan biridir. Agar kishi o'z bilimini faqat o'zi uchungina sarflasa, u mashhur olim,ulug' donishmand ,ajoyib shoir bo'lishi mumkin, lekin hech qachon barkamol inson bo'la olmaydi. Buyuk kishi bo'lish uchun avvalo, jamiyat taraqqiyoti yo'lida ,insoniyatning buyuk orzu-istaklarini chiqarish yo'lida xizmat qilmoq va buning uchun zarur bo'lsa, o'z hayotini ham qurbon qilishga tayyor turmoq kerak. Ayni haqiqatlarni chuqur anglagan yosh ,talabchan pedagoglar- Pedagogika kafedrasi dotsenti M.A.Jumayeva ,kafedra o'qituvchisi G.B.Saidnazarovalar kimyo va turizm magistrlari bilan birgalikda shahardagi 27-son imkoniyati cheklangan bolalar maktabiga tashrif buyurishdi.
Zukko pedagoglar maxsus maktabdagi pedagog-tarbiyachilarining dars jarayonlarini kuzatishdi. Kreativ g'oyalar asosida tashkil qilingan darslarning mohiyatini muhokama qilishdi. Tashrif davomida imkoniyati cheklangan o'quvchilarga sovg'alar ulashishdi.Suhbat so'ngida Mdotsent M.Jumayeva : "Ustoz bu-shogirdalari yutuqlaridan quvonib ,ulardagi iqtidor uchqunini yoqa oladigan fidoyi Insondir"-deya o'z fikrlarini xulosaladi.