Pedagogika kafedrasida ma'rifat soati o'tkazildi
Muallif: Hamroyeva Nafisa Nizomiddinovna
Hozirgi kunda butun dunyoda globallashuv jarayonini har tomonlama chuqurlashuvi va axborot texnologiyalarining takomillashib borgani sayin milliy madaniyat, milliy qadriyatlar va a’zaliy an’analarni saqlab qolish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
2024-yil 17-sentabrda Pedagogika kafedrasida "Оmmaviy madaniyatning milliy ma’naviyatimizga ta’siri” mavzusida ma'rifat soati o'tkazildi. Davra suhbatida kafedra mudiri p.f.d., professor Sh.Sh.Olimov so'zga chiqib, yer yuzidagi axborot almashinuvi bugungi kunda, mislsiz tezlashgan hozirgi globalizm sharoitida «ommaviy madaniyat» ta’sirini imkon qadar keng yoyishga harakat qilayotganligini aytib o'tdi.
Kafedra dotsenti f.f f.d. (PhD) N.N.Hamroyeva ham o'z nutqida ushbu harakatning asosiy maqsadi insonlarni milliy madaniyatdan uzoqlashtirish, dunyoni bir tizimga solib standart holatda, bitta oqim bo‘ylab harakatlanishini ta’minlash va antimilliy g‘oyalarini osonlikcha singdirish, ma’naviy begonalashuvni yuzaga keltirishdan iborat ekanligini ta'kidladi. Ushbu harakatlarni millat qadriyatlariga ta’siri jarayonida asosan mamlakat yoshlarini (14-30 yoshlilar) ongini zaharlash asosiy vazifa qilib olinganligi aytib o'tildi.
Biz pedagoglar yosh avlodga ta'lim-tarbiya berar ekanmiz, ularni zararli oqimlar ta’siridan himoyalash asosiy vazifamiz ekanligini unutmasligimiz zarur.