Xo'jayi Jahon ostonasida sayyor dars
Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy buxorolik etti nafar buyuk pirlarning birinchisi hisoblanadi. Tarixda «Xoja-yi jahon» («Jahonning xoʻjasi») nomi bilan shuhrat qozongan taniqli mutasavvuf, ulugʻ vatandoshimiz Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy qadamjosini ziyorat qilish hamda uning faoliyatini yosh avlod ma'naviyatiga singdirish har qanday pedagogning haqiqiy ma'nodagi vazifasidir.
2024-yil, 5-dekabr kuni Pedagogika kafedrasining ustozlari -filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori ,dotsent Nafisa Hamroyeva va Nodira Saidovalar sirtqi yo'nalishda tahsil olayotgan 9-7 MTS ,9-9 MTRUS -20 guruhi talabalari bilan birgalikga Xo'jayi jahon ziyoratgohiga tashrif buyurishdi.
Qadim ziyoratgohda olib borilgan sayyor dars talabalar dunyoqarashi, mafkurasi, ma'naviyatiga ijobiy ta'sir etishini chuqur anglagan pedagoglar buyuk alloma haqida qiziqarli voqealarni aytib berishdi. Sayyor darsning tabarruk qadamjoda tashkil etilishi tahsil oluvchilar mamnuniyatiga sabab bo'ldi.