Ayol borki,olam munavvar...
Ayolga e’tibor bu - jamiyatga e’tibor demakdir. Chunki aynan ayollar o’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi hamda kamoloti yo’lida ibrat maktabi sifatida namoyon bo’ladi.Bugun respublikamizda olib borilayotgan islohotlar mazmunida xotin-qizlarning jamiyatdagi o’rniga alohida e’tibor berish,ularni jamiyatning haqiqiy ma’noda faol kishisi bo’lishlarida ko’maklashish singari g’oyalar amalda keng targ’ib qilib kelinmoqda.
2025-yilning 4-mart kuni professor Sh.Sh.Olimov rahbarligidagi Pedagogika kafedrasida 8-mart-xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan "Ayol bilan olam munavvar!"mavzusida ma'rifat soati o'tkazildi.
Ma'rifat soati juda ko'tarinki ruhda boshlandi. Pedagogika kafedrasi mudiri ,professor Sh.Sh.Olimov kafedra jamoasida faoliyat ko'rsatib kelayotgan ayollarni bayram bilan tabrikladi: "Bugun O‘zbekiston ayollari barcha jabhalarda o‘z o‘rni va munosib mavqeyiga ega bo‘lib bormoqda. Xotin-qizlarga bo’lgan e’tibor, ularning haq-huquqlarini himoya qilish, ayollar o’rtasida gender tenglikni targ’ib qilish singari qator masalalar bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri sifatida namoyon bo’lmoqda. Mustaqillik davri nafaqat Vatanga, insonga bo‘lgan munosabatlarni balki, birinchi galda onaga, ayollarimizga bo‘lgan mehr-muhabbatimizni, samimiy munosabatimizni, batamom o‘zgartirib yubordi. Mustaqillik tufayli o‘zbek ayollari yuksak qadr topdi. Ayollar jamiyatning ijtimoiy kuchiga,faol kishisiga aylanib ulgurgan,desak mubolag'a bo'lmaydi."-deya alohida ta'kidlab o'tdi.
Shuningdek, San'atshunoslik va pedagogika fakulteti dekani ,professor S.S.Azimov va professor B.Adizov,professor A.Hamroyevlar ham barcha xotin-qizlarni bayram bilan qutlab, o'zlarining samimiy tilaklarini izhor etishdi. Ma'rifat soatining songida kafedra jamoasi kafedrada faoliyat ko'rsatib kelayotgan ayollarni gullar va esdalik sovg'alar bilan qutlashdi.