Tajribali pedagogning ilmiy tavsiyalari
Joriy yilning 3-aprel kuni Buxoro davlat universiteti San’atshunoslik va pedagogika fakulteti Pedagogika kafedrasi huzurida uslubiy seminar bo'lib o'tdi. Unda kafedra dotsenti, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Farmonova Shabon Muhammadovna "Pedagogik tadqiqotlarning metodologik tamoyillari. Dissertatsiya tadqiqoti vazifalari qo‘yilishining protsessual tuzilmasi. Tadqiqot maqsadlari, yangilik elementlari asosidagi vazifalar doirasi ,muammoni hal etish vazifalarining qo‘yilishi. Ilmiy tadqiqot uslublari" mavzusida kafedraning tayanch doktorant, stajyor tadqiqotchi va doktorantlari uchun ma'ruza qildi.
Ko'p yillik tajribaga ega bo'lgan ustoz pedagogik tadqiqotlarning dolzarbligini belgilash, ilmiy dalillar asosida yoritish, mavzuning o'rganilganlik darajasini tahlil qilish bilan bog'liq ilmiy tavsiyalar berib o'tdi. Tadqiqotchilar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.