"Akademik halollik"yoki korrupsiyaga qarshi kurashish!
Bugungi kunda korrupsiya muammosiga jahonning deyarli har bir mamlakatida duch kelish mumkin. Korrupsiya so‘nggi yillarda xalqaro miqyosda keng muhokama qilinayotgan mavzulardan biridir. Taʼkidlash lozimki, korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imidji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Ayni haqiqatlarni chuqur anglagan professor Sh.Sh.Olimov rahbarligidagi Pedagogika kafedrasida "Komplaens-nazorat" bo'limi xodimlari ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi. Suhbatda Komplayens – nazorat” bo‘limi xodimi Y.K.Quliyev kirish so`zi bilan ochib berdi:-Halollik odamlar orasidagi ijobiy munosabat asosidir. Halol luqma va mehnat bilan topilgan mol-mulk inson qalbida xotirjamlik, sokinlik uygʻotadi va oʻzgalarga nisbatan xolis, ezgu niyat bilan munosabatda boʻlishga olib keladi. Inson halol mehnat qilib, ishlab chiqarish rivojlanishiga yordam beradi va xalqning farovon, baxtli yashashiga koʻmaklashadi. Harom luqma esa salbiy quvvatlar manbai boʻlib, jamiyatda oʻzaro ishonchsizlikka, nizolarga sabab boʻladi,-deb alohida ta'kidladi.
Shuningdek ,Pedagogika kafedrasi mudiri, professor Sh.Sh.Olimov "Komplayens – nazorat” bo‘limi xodimi Y.K.Quliyevning fikr-mulohazalarini qo'llab -quvvatladi: Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini tubdan oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar korrupsiya holatlarining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning ta’sirchan tizimini yaratishni taqozo etmoqda.
Suhbat davomida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va boshqa dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish lozimligi ta’kidlandi.
Kafedra pedagoglari korrupsion harakatlar haqida o'z munosabatlarini berib o'tishdi. Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini tubdan oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar bugungi har bir fuqaroning burchi ekanligi alohida ta'kidlandi.
Suhbat davomida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va boshqa dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish lozimligi ta’kidlandi. O'tkazilgan davra suhbati qizg`in bahs-munozaralar bilan davom etdi.