Dars-pedagog tajribasining oynasi
2024-yil, 5-dekabr kuni Pedagogika kafedrasining faol, tashkilotchi pedagogi Shoira Qurbonova G'ijduvonning Soktare o'quv binosida 9-12 MTS-20 guruhi talabalari bilan Maktabgacha ta’lim menejmenti fanidan "Maktabgacha ta’lim tashkiloti va ularni tashkil etish”mavzusida ochiq seminar mashg'uloti o'tkazdi.
Mahorat darsi juda qizg'in ruhda boshlandi. Talabalarning shijoati ,g'ayrati, ilm-u adabga bo'lgan istak-xohishlari tajribali pedagogni juda ruhlantirdi. Darsda innovatsion texnologiyalardan - "Blits -so'rov", "Insert" usuli, "Zanjir" singari qator metodlardan unumli foydalanildi. Bo'lajak pedagoglarning o'z sohalariga oid nazariy ma'lumotlarni dadil aytishlari , ayniqsa, aqliy hujum asosidagi savollarga o'ta zukkolik bilan javob berishlari darsni kuzatgan ustozlarni ham hayratga qoldirdi.
"Dars bu-buyuk asar" shioriga amal qilgan pedagog Sh.Qurbonova dars jarayonida faol, salohiyatli talabalarni alohida rag'batlantirib bordi. Albatta,ruhiy madad har qanday insonni buyuk ishlar qilishga undaydi. Zero,yoshlar- bizning kelajagimiz!