September 21, 2025
Ijarada yashovchi talabalar hayoti
Talabalik- oltinga teng davr. Unda mashaqqat va abadiy muhrlanib qoluvchi xotiralar mujassam. Ayni haqiqatni chuqur anglagan Filologiya fakulteti professor-o'qituvchilari-D.O'rayeva va M.Navro'zovalar ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talabalar hayoti bilan qiziqishdi.
Professor-o'qituvchilar ijarada yashovchi fakultet talabalari -Ismatova Gulsevar, Safarova Gulsanam ,Haydarova Hulkarlar bilan uzoq suhbat qilishdi. Suhbat davomida ilm olish yo'lida vaqt taqsimotining muhimligi, ya'ni kun tartibining mavjudligi, o'zaro birdamlik va albatta sog'lom turmush tarzi qoidalariga rioya qilish lozimligi alohida ta'kidlandi. Talabalar ustozlar tashrifidan behad mamnun bo'lishdi.