March 18

Yurtimiz uzra  Navro'zi olam   shukuhi!

Bahor yangilanish, yasharish fasli. Uning tarovati, ko'rki va betakror go'zalligi oldida til ojiz. Xalqimizning umumxalq bayrami sanalgan Navro'zi olam shukuhi yurtimiz uzra kezmoqda. 2025-yil,18-mart kuni Buxoro davlat universitetida ham Navro'zi olam shodiyonasi munosabati bilan katta bayram dasturi namoyish qilindi.


Ta'kidlash joizki, Navro'z ayyomi xalqimiz uchun sharqona yangi yilning boshlanishi, eng qadimiy, asl milliy, eng ardoqli bayramdir.Navro'z bayrami -o'z mohiyatida ezgulik, xayr-u saxovat, yaxshilik, mehr-oqibat singari go'zal fazilatlarni mujassam qiladi. Navro'z bayramida ommaviy xalq sayllari uyushtiriladi hamda yangi unib chiqqan ko'katlardan, bahoriy taomlar: sumalak, halim, ko'ksomsa, ko'kchuchvara kabi tansiq taomlar pishiriladi. Bugun bayram saylida San'atshunoslik va pedagogika fakulteti professor Sh.Sh.Olimov rahbarligidagi Pedagogika kafedrasi jamoasi bayram saylida Buxoro muhitini shakllantirishdi.

Mana shunday bayramona kayfiyat qadimiy qadriyatlarning abadiylashuvida o'zining munosib hissasini qo'shdi. Pedagogika kafedrasining ahil jamoasi Buxoro xalqining qadimiy udumlari, milliy taomlari hamda betakror sana'tini namoyish qilishda faol ishtirok etishdi.

Pedagogika kafedrasi