January 20

Sog' tanda -sog'lom aql 

2025-yil,20-yanvar kuni San'atshunoslik va pedagogika fakulteti Pedagogika kafedrasi professor-o'qituvchilari Talabalar turar joyida kafedra kunini qarshi olishdi. Qizg'in ruhda boshlangan kafedra kuni qator tadbirlarning makoniga aylandi.

Professor Sh.Sh.Olimov rahbarligidagi Pedagogika kafedrasi professor-o'qituvchilari -N.Musayeva, S.Jabborova,O'.Olloquva ,M.Ashurova,D.Rahmonova, M.Yarashevlar tomonidan qator sport o'yinlari tashkil qilindi.

Sportning inson salomatligi yo'lidagi ahamiyatini chuqur anglagan pedagoglar talaba -yoshlar o'rtasida "Shashka" ,Tennis" ,"Taekvando" singari qator sport o'yinlarining musobaqalarini o'tkazishdi.

Talabalarning sportga bo'lgan qiziqishlaridan ilhomlangan ustozlar -N.Musayeva, G.Habibova, S.Do'rayeva, Sh.Qurbonova,M.Umurova, O'.Olloquva, I.Rajabova, M.Ashurova, M.Yarashevlar ham o'zaro bellashishdi. Xullas, TTJda tashkil qilingan kafedra kuni juda mazmunli bo'ldi.

Pedagogika kafedrasi