April 4
Ilm sarhadlarini egallab...
ILm-cheksiz ummon.Unda cheksiz mashaqqat va zahmat mujassam. Ilm sarhadlarini egallashda ,undagi to'siqlarni bartaraf etishda ustozlar mehnati bo'lakcha. Professor Sh.Sh.Olimov tashabbusi bilan Pedagogika kafedrasi huzurida tayanch doktorant, stajyor tadqiqotchi va doktorantlari uchun ilmiy seminar o'quv mashg'ulotlari yo'lga qo'yildi.
2025-yilning 27-mart kuni Pedagogika kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Ashurova Marhabo Sayfulloyevna "Pedagogik tadqiqotlarning dolzarbligini aniqlash va asoslash"Â mavzusida ma'ruza qildi. Uslubiy seminar ishtirokchilari o'z faoliyatlariga oid ilmiy ma'lumotlar olishdi.