Malakaviy amaliyot-kasbiy faoliyatning ilk bo'g'ini
Joriy yilning 13-mart kuni Pedagogika kafedrasining tajribali ustozlari -katta o'qituvchi S.N.Djo'rayeva, Sh.Qurbonovalar Buxoro shahridagi 7-o'rta umumta'lim maktabida bo'lishdi.
Amaliyot jarayoni -talabalarning kasbiy faoliyatida juda muhim omil ekanligini chuqur anglagan tajribali ustozlar amaliyotchi -talabalar bilan uzoq suhbat qilishdi. Amaliyot jarayonidagi qiyinchiliklar ,talab qilinadigan hujjatlar haqida kerakli tavsiyalar berishdi. Amaliyot davrida tayyorlanishi lozim bo’lgan hujjatlarni tekshirib, xato va kamchiliklarni ham alohida qayd etib o'tishdi.
Amaliyotchi-talabalar tomonidan amaliyot maktablarida qator tadbirlar va ochiq darslarni doimiy ravisda kuzatib kelayotgan ustozlar-S.N.Djo'rayeva ,Sh.Qurbonovalar shahardagi 7-umumta'lim maktabida amaliyot jarayonini o'tayotgan 9-BTUS-20 guruh talabasi Mirzohidova Mehrangiz tomonidan o'tkazilgan ochiq dars kuzatuvida ham bo'lishdi.
Mahorat darsidan so'ng tajribali ustozlar amaliyotchi-talabalar bilan uzoq suhbatda bo'lishdi. Amaliyot jarayonida kundalik reja,dars tahlillari,dars ishlanmasi, tadbir bayonnomasi, ochiq dars mazmunnomalarining yozilish tartibi haqida umumiy ma'lumot berib o'tishdi.Ustozlar tashrifi talabalarni behad quvontirdi.