Sayyor dars-mahoratli pedagogning zamonaviy yondashuvi!
Dars-muqaddas.Uning o'ziga xos talablari hamda qoidalari mavjud bo'lib, har bir pedagog kasbiy faoliyatida o'ta muhim jarayondir.Shu bois har bir pedagog xodim darsni xuddi badiiy asardek qiziqarli va tushunarli bo'lishida mas'uldir.
Ta'lim jarayonlariga ta'lim oluvchilarni qiziqtirish uchun zamonaviy darslar --sayyor darslar samarali natija berib kelmoqda. Chunki bo'lajak pedagoglar kasbiy faoliyatlarining o'ziga xos talab va intizomini ayni jarayonda tadbiq etmoqdalar.
Pedagogika kafedrasining ilg'or pedagoglari bu jabhada anchayin faol. Jumladan, oliy ta'limda uzoq yillar faoliyat ko'rsatib kelayotgan pedagoglar -katta o'qituvchi S.N.Djo'rayeva, dotsent I.Rajabova, Sh.Qurbonova,ko'p tillar bilimdoni M.G'.Sa'dullayeva hamda talabchan pedagog Saodat Jabborovalar sirtqi guruh talabalari bilan muntazam ravishda sayyor darslar tashkil qilib kelmoqdalar. Zero,sayyor darslar -pedagog mahoratining yangi qirrasi !