Amaliyot-ustozlik maqomiga ilk qadam...
Ustozlik -oliy himmat .Bu mas'uliyatli va sharafli kasb mazmun-mohiyatida juda ko'p mashaqqat va beminnat mehnat yotadi. Aynan Ustozlik maqomiga xolislik,halollik fidoyilik,jonkuyarlik singari ulug' sifatlar mujassamki, bular har bir ustoz-pedagogni bezaydi hamda yelkasiga kattagina mas'uliyat yuklaydi.
San'atshunoslik va pedagogika fakulteti professor Sh.Sh.Olimov rahbarligidagi Pedagogika kafedrasining tajribali o'qituvchisi M.Sa'dullayeva o'z talabalarining kasbiy faoliyati bilan qiziqdi. Buxoro shahridagi 13-o'rta umumta'lim maktabida amaliyot jarayonlarini o'tayotgan amaliyotchi-talabalar 9-10 BTUS-20 guruhi talabasi Ubaydova Gulnoz, 14-3 BTK-20 guruhi talabasi Eshanova Lionellalarning faoliyatlarini o'rgandi.
Tajribali ustoz Boshlang'ich ta'lim yo'nalishida faoliyat yuritayotgan har bir talaba bilan uzoq suhbat qildi .Talabalar darslarini bevosita kuzatdi va tahlil qildi. Amaliyot jarayonlarida muhim sanalgan tartib-qoidalar, ayniqsa,intizomning o'ta muhimligini alohida ta'kidladi. Amaliyot hujjatlarining ahvoli bilan qiziqdi hamda o'z mulohazalarini bayon etdi.
Ko'p tillar bilimdoni,tajribali pedagog M.Sa'dullayeva suhbat so'ngida: "Ma’naviyati baland ustoz o’z harakatlarini eng avval o’zi nazorat qiladi, toki o’sib kelayotgan avlod tarbiyaviy jihatdan yetuk bo’lsin"-deya xulosa qildi.