April 16

Dars-pedagog mahoratining oynasi


Dars-pedagog mahoratining, tajribasining ifodasi demak. Dars-muqaddas. Uning o'ziga xos talablari hamda qoidalari mavjud bo'lib, har bir pedagog kasbiy faoliyatida o'ta muhim jarayon sanaladi. Shu bois har bir pedagog xodim darsni bugungi zamon talablariga munosib tarzda tashkil qilishda mas'uldir.


2025-yil,15-aprel kuni O'zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent Navro'zova Muyassar G'aybullayevna Hozirgi òzbek adabiy tili fanidan 11-4,TNI-24, guruhi talabalari ishtirokida "Mustaqil sòz turkumlari:ot, sifat,son" mavzusida ochiq mashg'ulot darsi o'tkazdi.


Mahorat darsi juda qizg'in ruhda boshlandi. Ta'lim oluvchilarning faolligi dars samaradorligini oshirdi. Tajribali va talabchan filolog mahorat darsida qiziqarli savollar, turli xil innovatsion texnologiyalar- "Bekatlar","Intervyu"metodi, "Sinf sahnasi " ,"T-toifalash" jadvallaridan unumli foydalandi. Shuningdek, dars mavzusiga oid taqdimot ham namoyish etildi. Dars "Guruhlarda ish" tarzida olib borildi. Ayniqsa ,so'z turkumlariga oid "Bekatlar" innovatsion texnologiyasi talabalar shijoatiga sabab bo'ldi.