"Oqila ayollar" harakatining viloyat forumi
"Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida Buxoro davlat universitetida qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shu munosabat bilan oilalar mustahkamligini ta'minlashda "Oqila ayollar" viloyat forumi o'tkazildi. Forum joriy yilning 10-iyul kuni Buxoro texnika universitetida bo'lib o'tdi. Forumda professor Sh.Olimov rahbarligidagi Pedagogika kafedrasining o'qituvchilari -H.B.Ismatova ,N.M.Saidovalar ishtirok etishdi.
Forumning ning asosiy maqsadi ayolning oiladagi o'rni ,xotin -qizlarning intellektual salohiyati, ijtimoiy faolligi va ijodiy yutuqlarini ommalashtirish, ularni rag‘batlantirish orqali ijobiy o‘rnak yaratishdan iborat. Forum davomida o‘zining ilmiy izlanishlari, ijtimoiy faolligi, tashabbuskorligi bilan ajralib turgan ayollarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.