April 10
Yosh pedagog tavsiyalarining ilmiy qimmati
Joriy yilning 10-aprel kuni Buxoro davlat universiteti San’atshunoslik va pedagogika fakulteti Pedagogika kafedrasi huzuridagi navbatdagi uslubiy seminar yosh pedagog ,dotsent Po'latova Yulduz Asadovna tomonidan olib borildi.
Professor Sh.Sh.Olimov tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur seminarlar kafedraning tayanch doktorant, tadqiqotchilarning ilmiy faoliyatlari yo'lida dasturamal bo'lib xizmat qilishi, shubhasiz. Uslubiy seminarda kafedra dotsenti Po'lotova Yulduz Asadovnaning "Ilmiy izlanuvchining metodologik madaniyati" mavzusidagi seminari ham bundan mustasno emas. Chunki ilm yo'lida qo'yilgan har qanday qadam qutlug'dir.