January 20

Talabalar hayoti bilan yaqindan tanishish yoki talabalar turar joyida kafedra kuni

2025-yil,20-yanvar kuni professor Sh.Sh.Olimov rahbarligidagi ahil jamoa- Pedagogika kafedrasi professor-o'qituvchilari Talabalar turar joyida kafedra kunini qarshi olishdi.

Kafedraning faol o'qituvchilari -M.Umurova ,Sh.Qurbonova ,G.Habibova, I.Rajabova,S.Djo'rayevalar talabalarning yashash sharoiti, talaba -yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar, xonalarning sanitariya-gigiyena holati bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, kafedra professor -o'qituvchilar tomonidan talabalar hayotiga atab "Sog'lom turmush -salomatlik garovi" shiori ostidagi davra suhbati tashkil etishdi. Suhbat jarayonida salomatlikning inson hayotidagi ahamiyati, ruhan sog'lom kishining jamiyatdagi o'rni haqida uzoq suhbat qilishdi.

Kafedraning tajribali ustozlari talabalarning bo'sh vaqtlarini unumli o'tkazishlari, kitobxonlikni o'zlariga oshno qilishlari bilan bog'liq qator tavsiyalarni berib o'tishdi. Suhbat so'ngida M.Umurova :" Bugungi davr- faqat bilimdonlarni talab qiladi, bilimsizlik sizga ko'p pand beradi. Shunday ekan, albatta har bir kuningizni kitob bilan qarshi oling" -deya alohida e'tirof etdi.

Pedagogika kafedrasi jamoasi