Forbidden love
Tun qorong'usi ba’zan odamning ichidagi eng chuqur tuyg'ularini yuzaga chiqaradi. Riana o'sha kecha ko'ziga uyqu kelmay, to'shagida u yoqdan-bu yoqqa ag'anab chiqdi. Hayollari faqat Taehyungda edi. Nega aynan u? Axir u Taehyungdan nafratlanishi kerak emasmidi? O'zini la'natladi, ich-ichidan o'ziga nisbatan g'azabi qaynab chiqdi, lekin qalb amriga bo'ysunish qiyin ekan. Ayniqsa, Taehyungning Arin bilan birga ekanligini o'ylasa, go'yo yuragiga qaynoq qo'rg'oshin quyilgandek bo'lardi. Bu rashkmi yoki shunchaki mag'rurlikning sinishi? Buni o'zi ham tushunolmasdi.
Tong otdi. Deraza pardalari orasidan sizib kirgan quyosh nurlari Riananing horg'in yuziga tushdi. U og'ir qadamlar bilan hammomga kirdi, sovuq suvda yuzini yuvib, o'ziga kelishga harakat qildi. Bugun maktabga borishi kerak. Sumkasiga kitob-daftarlarini solayotganida, eshik sekin ochilib, xonaga onasi kirdi.
Onasining ovozi muloyim, lekin nimadir muhim gap borligini sezdirib turardi.
Riana: Sizga ham hayirli tong oyijon.
Sunhee qizining yoniga kelib, biroz ikkilanib turdi. Keyin gapni nimadan boshlashni bilmay, ohista so'z boshladi.
Sunhee: Riana... qizalog'im. Senga bir gapni aytgani kirgandim. Raya ham endi sen o'qiydigan maktabda o'qiydi.
Bu gap Riananing qulog'iga xuddi sovuq suvdek urildi. Raya bilan bir maktabda? Bu degani endi har qadamda o'sha "to'qima" mehribonlikni va soxtalikni ko'rib turishga majbur bo'ladi. U onasiga hayrat va cheksiz xafalik bilan qaradi. Ichida "Yo'q, u kelmasin!" deb baqirgisi keldi, lekin onasining ko'zlaridagi umidni ko'rib, e'tiroz bildira olmadi. Baxtsizlik ham shunda emasmi? Eng yaqinlaring sening ko'nglingni o'ylamay qaror qabul qilsalar-u, sen jim turishga majbur bo'lsang.
Sunhee qizining itoatkorligidan mamnun bo'lib, uning ipakdek sochlarini siladi va peshonasidan mehribonlik bilan o'pib qo'ydi.
Sunhee: O'zimni aqili qizim. Tezroq kiyinib chiqsang dadang maktabga olib borib qo'yadi.
Onasi xonadan chiqishi bilan Riana oynaga qaradi. Formasini to'g'irlarkan, yuzidagi horg'inlikni yashirishga urindi. Pastki qavatga tushganida esa kutilgan manzara: Raya allaqachon otasining atrofida parvona, unga erkalanib, go'yo dunyodagi eng suyukli farzanddek ko'rinishga harakat qilardi. Riananing tomirlarida g'azab yugurdi, lekin u tishini tishiga qo'yib, o'zini xotirjam ko'rsatdi.
Ular mashinaga yo'l oldilar. Riana Rayaga qayrilib ham qaramadi, xuddi u bu yerda yo'qdek to'g'ri borib mashinaga o'tirdi. Ammo Raya tinch turarmidi? U ham darrov Riananing yoniga, orqa o'rindiqqa kelib joylashdi.
Raya: Dada maktabdan keyin o'zingiz olib ketgani kelasizmi?
Yohan ko'zgu orqali Rayaga qarab, yuzida samimiy tabassum bilan javob berdi.
Yohan: Albatta. O'zim olib ketaman.
Riana derazadan tashqariga qarab, tishlarini bir-biriga bosdi. U Rayaning bularni ataylab qilayotganini, dadasining e'tiborini o'ziniki qilib, Riananing asabini o'ynashni xohlayotganini yaxshi bilardi. Lekin hozir uning miyasida Rayadan ham kattaroq muammo — Taehyung bor edi.
Maktab darvozasi oldiga yetib kelishganida, Riana mashinadan tushishdan oldin dadasining yanog'idan o'pib qo'ydi. Bu balki Rayaga javob qaytarishning bir yo'li edi.
Yohan: Ko'rishguncha farishtam.
Riana ortiga qaramasdan, Rayani kutib ham o'tirmasdan maktab binosiga kirib ketdi. Sinfga kirib, o'z joyiga o'tirdi. Darsgacha hali vaqt bor edi. Qo'llari beixtiyor telefoniga ketdi. Instagramni ochishi bilan ko'zlariga ishonmadi. Taehyung va Arin. Basseynda, bir-birini quchoqlab turishibdi. Riananing ko'zlari katta-katta bo'lib ketdi, nafas olishi qiyinlashdi. Yuragida kechagidan ham kuchliroq, dahshatliroq olov yondi. Bu rasm uni butunlay izdan chiqardi.
Riana: Nega meni jahlim chiqyapti... menga desa hohlagani bilan yurmaydimi... meni nima ishim bor... men uni sevmaymanku... bilganini qilsin.
U o'ziga-o'zi pichirlab, ichidagi vulqonni bosishga urindi. Shu payt yoniga Felix kelib o'tirdi.
Felix: Riana... o'zing bilan o'zing gaplashyapsanmi?
Riana cho'chib tushdi va darrov telefonini o'chirib, yuziga soxta tabassum yugurtirdi.
Riana: Ha yo'q... biroz hayol surib qolibmanda... shunda o'zimga o'zim gapirgandirman.
Felix darsga tayyorlana boshladi. Riananing miyasida esa bir zumda rejalar pisha boshladi. Qasos o'ti uni boshqarardi. U Felixga qarab, eng ma'sum nigohini ishga soldi.
Riana: Felix... menga bir ishda yordaming kerak.
Riana: Men bilan bir suratga tushib ber. Meni quchoqlab... huddi sevishganlarday.
Felix hayron qoldi, uning nigohida tushunmovchilik bor edi. Lekin Riana shunday iltijoli qarab turardiki, unga "yo'q" deyish imkonsiz edi. Riana hech ikkilanmay uning tizzasiga o'tirib oldi. Felix hayajonlanib, uni belidan mahkamroq quchoqladi. Riana kamerani baland ko'tardi.
Bir necha kadrlar... Felix uni yanog'idan o'pib turgan paytdagi suratlar... Riana hammasini Instagramga joyladi. Tagiga esa zaharxanda bilan "Men va sevgilim" deb yozib qo'ydi. Bu xuddi Taehyungning yuziga tushgan tarsakidek bo'lishini xohlardi.
Riana: Ana bo'ldi... Rahmat senga Felix.
U Felixning tizzasidan tushib, yana o'z joyiga qaytdi. Orqa qatorda Raya allaqachon o'ziga o'xshagan dugonalar topib, pichirlashishni boshlagandi. Riana unga e'tibor ham bermadi. U faqat bitta narsani — Taehyungning reaksiyasini kutar edi.
Ayni shu paytda Taehyung villada, telefonini qo'liga olganida dunyo u uchun to'xtab qolgandek bo'ldi. Riananing suratlari... Boshqa bir yigitning tizzasida o'tirgani... Uni boshqasi o'payotgani... Taehyungning tomirlarida qon o'rniga g'azab oqa boshladi. Uning ko'zlari qonga to'ldi. Bu qanday jur'at? Qanday qilib u boshqasiga bunaqa yaqin bo'lishi mumkin?
Taehyung: Bunaqasi ketmaydi! Yo'q... yo'q... men bu rasmlarni ko'rib qanday jim o'tirishim mumkin!
U yotgan joyidan sapchib turdi. Ustiga nima kiyganini ham bilmay, kalitni oldi-yu, mashinasiga qarab yugurdi. Gazni oxirigacha bosib, Seul tomon haydab ketdi. Ichida faqat bir fikr aylanardi: Rianani topish va o'sha yigitni yuzini bejash.
Maktabda darslar tugadi. Riana kun bo'yi o'zini juda yaxshi his qildi, darslarda ham hammadan faol bo'ldi. Go'yo yelkasidan tog' ag'darilgandek. U maktabdan chiqib, darvoza oldiga kelganida, tanish mashinani va uning oldida tishini tishiga qo'yib turgan Taehyungni ko'rdi. Yuragi birdan tez urib, "dukk-dukk" etgan ovozi o'z qulog'iga eshitila boshladi. Lekin u to'xtamadi. Huddi uni ko'rmagandek, yonidan bemalol o'tib ketishga urindi.
Taehyung Riananing hech narsa bo‘lmagandek, go‘yo u bu yerda umuman yo‘qdek yonidan shunchaki o‘tib ketmoqchi bo‘lganini ko‘rib, ichidagi bor g‘azabi toshdi. U qizning yo‘lini to‘sib, shaxdam qadamlar bilan qarshisida paydo bo‘ldi. Uning nigohlari o‘tkir, har bir harakati shiddatli edi.
Riana xuddi uni hozirgina, tasodifan ko‘rib qolgandek qoshlarini chimirdi. Uning yuzida soxta hayrat va biroz mensimaslik bor edi. Go‘yoki bu uchrashuv u uchun hech qanday ahamiyatga ega emasdek.
Riana: Voy, siz Pusanda emasmidingiz?
Taehyung: Pusanda edim... lekin seni deb yetib keldim. Sen o‘sha Felix bilan orangizda hech narsa yo‘q degan eding-ku... nega birdan u bilan sevishganlarday rasm qo‘yding?
Taehyungning ovozi bo‘g‘iq, ichidagi rashk va tushunarsiz bir og‘riq so‘zlariga urilgan edi. U Riananing ko‘zlariga tik qarar, undan mantiqli izoh kutar edi. Riana esa bo‘sh kelmadi. Uning ham ichida Taehyungning Arin bilan tushgan suratlari xuddi tikanli simdek sanchilib turardi
Riana: Sizga nima? Siz ham Arin bilan basseynda quchoqlashib tushgan rasmlaringizni qo‘yibsiz-ku!
Taehyung bu gapni eshitib, go‘yo tilini tishlab qolgandek jim bo‘lib qoldi. O‘zi otgan o‘q o‘ziga qaytib kelib tekkandek bo‘ldi. Keyin esa birdan hozirgina Riananing bu gapni qanchalik jahl va alam bilan aytganini anglab, uning yuzida kutilmaganda g‘alati, nimtabassum paydo bo‘ldi. Bu tabassum zafar quchgan odamning tabassumi edi.
Taehyung: Shoshma. Meni rashk qildingmi?
Riana oxirgi gapini aytib bo‘lishi bilan nima qilib qo‘yganini tushundi. O‘zini o‘zi fosh qilib, bor sirlarini dushmanining qo‘liga topshirib qo‘ygandek edi. Uning yonoqlari lovullab ketdi, nima deyishni, qayerga qarashni bilmay dovdirab qoldi.
Riana: Haligi... yo‘q... shunchaki... aytdim...
Taehyung: Yo‘q, sen rashk qilding. Shuning uchun o‘sha yigit bilan rasmlar qo‘yding.
Riananing yuragi shu qadar tez urardiki, go‘yo ko‘krak qafasini yorib, tashqariga otilib chiqmoqchi bo‘lgan yarador qushga o‘xshardi. Uning butun vujudi titrardi. Endi e’tiroz bildirmoqchi bo‘lib og‘iz juftlaganida, uzoqdan otasining mashinasi maktab darvozasi tomon burilayotganini ko‘rib qoldi. Qo‘rquv bir zumda rashkni ham, g‘azabni ham haydab yubordi.
Taehyung ham ortiga o‘girilib mashinani ko‘rdi-yu, ko‘zlari katta-katta bo‘lib ketdi. Ular tezda maktab burchagidagi devor ortiga o‘tishdi. Taehyung hayron bo‘lib, nafasini ichiga yutdi.
Taehyung: Dadam maktabga kelmasdi-ku. Nega keldi?
Riana unga ensasini qotirib, zaharxanda bilan, labini cheti bilan kinoyali kulib qaradi.
Riana: Sizni jonajon singlingiz Raya iltimos qildi.
Riana: Ha... sizni jonajon singlingiz. Men esa o‘gayman-ku.
Riananing ovozida shunday bir og‘riq va asabiylik bor ediki, u o‘zini bu oilaga butunlay begona his qilayotgani har bir so‘zidan sezilib turardi. Taehyung esa qizning boyagi rashk bilan aytgan gaplarini eslab, haliyam sarmast edi.
Raya maktab binosidan yugurib chiqib, otasining yoniga bordi. Uning yuzida g‘alaba nashidasi, dadasining e’tiborini to‘liq o‘ziniki qilib olganidan mamnun edi.
Raya: Bilmadim. Uni ko‘rmadim.
Yohan biroz ikkilanib turdi-da, telefonini olib Rianaga qo‘ng‘iroq qildi. Riana devor ortida turib, telefonining titrashidan cho‘chib ketdi. U chuqur nafas olib, ovozini imkon qadar xotirjam qilib go‘shakni ko‘tardi.
Yohan: Qizim qayerdasan? Men kelgandim.
Riana: Ha... siz Rayani olib ketavering. Men qo‘shimcha darsga qolib, kutubxonaga ham kirmoqchi edim.
Yohan: Ha mayli unda. Uyga kech qolma.
Riana go‘shakni o‘chirib, devor ortidan sekin poylab turdi. Yohan Rayani olib mashinada ketgandan keyingina u yengil nafas oldi. Xavf ortda qolgandek edi. Ular devor orqasidan chiqishdi. Taehyung esa haligacha o‘sha mavzuda edi.
Taehyung: Ho‘sh... tan olasanmi?
Riana: Uff, sizni rashk qilganim yo‘q.
Shu payt maktabdan chiqib ketayotgan Riananing dugonalari ularni ko‘rib qolishdi. Ulardan biri — Minji, Taehyungning kelishgan gavdasini va o‘tkir nigohlarini ko‘rib, hayratini yashirolmadi.
Minji: Voy Riana! Bu seni akangmi? Buncha kelishgan!
Boshqa qizlar ham Taehyungga qarab, yuzlarida hayrat va tabassum bilan pichirlasha boshlashdi. Taehyung esa o‘zining jozibasini bilardi. U qizlarga qarab xushomad qildi, go‘yo ataylab Riananing asabiga tegmoqchidek ularga jilmayib qo‘ydi.
Riana buni ko‘rib, ich-ichidan yonib ketdi. Tan olgisi kelmasa ham, uning ichida yana o‘sha g‘azabli tuyg‘u uyg‘ondi. Boshqa qizlarning unga bunday qarashi Rianani aqldan ozdirayotgan edi.
Riana: Balkim yetar! Qani ketdik. Meni qornim och!
Riana jahl bilan, Taehyungning javobini ham kutmay, shaxdam qadamlar bilan borib uning mashinasiga o‘tirib oldi. Uning eshikni yopishidan ham qanchalik g‘azabda ekanini bilish qiyin emasdi. Taehyung esa uning bu holatini ko‘rib, ichida "Yana bir ochko men foydamga" deb o‘yladi. U rostdan ham Riananing qalbida o‘zi uchun joy borligini his qilayotgan edi.
Inson nega o‘zi istagan narsasini inkor qiladi? Nega biz ba’zan eng yaqin insonimizni o‘zimizdan itaramiz, aslida esa unga har qachongidan ham muhtoj bo‘lsak-da?
Taehyungning yuzidagi tabassum endi shunchaki quvonch emas, balki qandaydir g‘oliblik va baxtning aralashmasi edi. U rulga o‘tirarkan, hayajonini ichiga sig‘dirolmayotganini har bir harakati bildirib turardi. Go‘yo bu lahzalar tushday-u, hozir uyg‘onib ketadigandek butun borlig‘i bilan hushyor turishga intilardi. Uning uchun dunyo bir zumga to‘xtab qolgandek edi.
Riana: Bilmayman... meni qornim och. Uzum yegim kelyapti.
Uning ovozi biroz erkalik va asabiylik o‘rtasida tebranardi. Taehyung esa qizning bu kutilmagan injiqligidan zavqlanayotgan edi.
Taehyung: Unda restoranga boramiz.
Riana: Avval uzum olib bering.
Taehyung: Ho‘p unda do‘kondan uzum olib chiqaman.
Riana hech narsa demasdan qo‘llarini ko‘ksiga chalishtirib, lablarini choʻchaytirib o‘tirardi. Uning butun vujudi tarang, nigohlari esa deraza ortidagi manzaraga qadalgan edi. Taehyung mashinani maktab yo‘lagidan sekin haydab borarkan, vaqti-vaqti bilan o‘ng tomoniga, Rianaga qarab qo‘yardi. Qizning jahldan qizargan yuzlari unga shunchalik jozibali ko‘rinardiki, buni so‘z bilan ta’riflash qiyin
Yo‘l chetida mevalar sotib o‘tirgan yoshgina, chiroyli bir qizning yonida mashinani to‘xtadi. Taehyung mashinadan tushdi va sotuvchi qizning yoniga borib, o‘sha o‘ziga xos, o‘tkir nigohlari va samimiy tabassumi bilan gapirdi
Taehyung: Bir bog‘ uzum bering.
Sotuvchi qiz ham bu kelishgan yigitning jozibasiga dosh berolmay, yuziga uyatchan tabassum yugurdi. Uzumni olib, ehtiyotkorlik bilan salafanga solar ekan, mashina ichida o‘tirgan Riananing ichida xuddi portlash sodir bo‘lgandek bo‘ldi. Nega?! Nega boshqa qiz uning qarshisidagi bu yigitga bunday qaraydi? Nega Taehyung unga jilmayadi? Bu tuyg‘ular Rianani ich-ichidan kemirayotgan edi. Uning tomirlarida nafrat emas, balki rashkning eng achchiq zaxari oqa boshladi.
Riana: Uzumni tezroq oling! Tirjayib turmasdan!
Riananing mashina oynasidan chiqib baqirgan ovozi atrofdagilarni cho‘chitib yubordi. Taehyung buni eshitib, ich-ichidan quvondi. Qizning bu g‘azabi uning uchun eng shirin musiqa edi. U sotuvchi qizga pul uzatarkan, ataylab, o‘sha olovga moy sepgandek gapirdi.
Taehyung: Mevalaringiz ham o‘zingizga o‘xshab chiroyli ekan.
Riana endi chidab turolmadi. Mashina eshigini shunday kuch bilan ochib tushdiki, go‘yo hozir hamma yoqni vayron qilmoqchidek edi. U Taehyungning qo‘lidagi uzumni shartta tortib oldi va sotuvchi qizga nafrat to‘la ko‘zlari bilan tikildi.
Riana: Har bir kelgan mijozga shunday tirjayib turasizmi a?!
Bechora sotuvchi qiz kutilmagan bu hujumdan qo‘rqib ketdi, ranglari o‘chib, nima deyishni bilmay tili kalimaga kelmay qoldi. Taehyung esa vaziyatni nazoratga olish vaqti kelganini tushundi. U kulgancha Riananing ingichka belidan mahkam quchoqlab, o‘ziga tortdi. Uning issiq nafasi Riananing bo‘yniga urilib turardi.
Taehyung: Hoy bechora qizni tinch qo‘y. Qani yur kettik.
Riana: Yo‘q! Nega u tirjayadi sizga qarab! Meni qo‘yib yuboring! Men unga hozir ko‘rsatib qo‘yaman!
Riana uning quchog‘idan chiqishga urinar, lekin Taehyung uni qo‘yib yubormasdi. U qizning har bir harakatidan, har bir g‘azabli so‘zidan lazzatlanayotgan edi. Chunki bu g‘azab ortida qanchalik kuchli tuyg‘u borligini endi aniq bilardi.
Taehyung Rianani amallab mashinaga o‘tqazdi. Qizning nafasi tezlashgan, ko‘krak qafasi ko‘tarilib tushar, xuddi hozir portlaydigan bombaga o‘xshardi. U o‘zini bosishga harakat qilib, chuqur-chuqur nafas oldi. Taehyung rulga o‘tirishi bilan Riana bor kuchi bilan uning yelkasiga mitti mushti bilan urib qo‘ydi.
U buni ataylab, go‘yo og‘riyotgandek yuzini bujishtirib so‘radi.
Riana: Siz ham tirjayishni bas qiling! Men ko‘r emasman. O‘sha qizga qanday qaraganingizni ko‘rdim.
Taehyung: Voy bo‘pti ho‘p. Qaramayman.
Riana arazlagan boladek boshqa tomonga qarab oldi. Uning ko‘zlarida yosh qalqirdi. Bu yoshlar nafratdan emas, balki o‘zi tushunolmayotgan o‘sha murakkab hissiyotlardan edi.
Riana: O‘zi men ahmoqman... nega bularga e’tibor beryapman, bilmayman. Sizdan nafratlanaman.
Taehyung mashinani yurgʻizmasdan turib, qizning iyagidan ohista ushladi va uning yuzini majburan o‘ziga qaratdi. Uning ko‘zlarida shunday bir chuqurlik bor ediki, Riana o‘sha chuqurlikka g‘arq bo‘layotganini his qildi.
Taehyung: Men esa seni sevaman.
Riana bu so‘zlardan keyin ham o‘zini g‘olibdek tutishga urindi, lekin yuragi "dukk-dukk" urib, siri fosh bo‘layotganidan qo‘rqardi. U yuzini chetga burib, salafandagi uzumni olib yeya boshladi.
Taehyung: Avval yuvish kerak edi-da.
Taehyung jilmayib qo‘ydi va mashinani o‘t oldirdi. U gazni bosganida mashina keskin oldinga siljidi. Shu lahzada Riananing tizzasida turgan sumkasi, polga ag‘darildi. Sumka ichidagi narsalar sochilib ketdi. Ular orasida bir kichik narsa bor ediki, u butun hayotlarini tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin edi.
Riana jon holatda egilib uni olmoqchi bo‘ldi, lekin Taehyung undan chaqqonroq chiqdi. U polga cho‘zilib, o‘sha oq plastik tayoqchani qo‘liga oldi. Riananing butun vujudi muzlab qoldi. Oʻsha lahzada faqat Taehyungning qo‘lidagi o‘sha ikki qizil chiziq borliqning markaziga aylandi.
Taehyungning ko‘zlari hayratdan va cheksiz hayajondan katta-katta ochildi. U qo‘lidagi testga, keyin esa rangi oqarib ketgan Rianaga qaradi.