17-YORTEPA SAYLOV OKRUGIDAN XALQ DEPUTATLARI VILOYAT KENGASHI DEPUTATLIGIGA NOMZOD
17-YORTEPA SAYLOV OKRUGIDAN XALQ DEPUTATLARI VILOYAT KENGASHI DEPUTATLIGIGA NOMZOD
Аchilova Salima Ibragimovna 1960 yil Qarshi tumani Beshkent shahrida tugʼilgan. Millati oʼzbek. Samarqand davlat tibbiyot institutiga oʼqishga kirib, 1983 yilda institutni davolash ishi shifokori mutaxassisligi boʼyicha tamomlagan. Maʼlumoti – oliy. Oʼzbekiston xalq demokratik partiyasi aʼzosi. Salima Аchilova mehnat faoliyatini Qarshi shahar tugʼrqxonasida shifokor vazifasida boshlagan. 1983-1984-yillara Qarshi shahar tugʼruqxonasida shifokor. 1984-1996-yillarda Qarshi shahar tugʼruqxonasida xotin qizlar maslahatxonasi akusher-ginekolog shifokri. 1996-1997-yillarda Qarshi shahar tugʼruqxonasida “Fiziologiya” boʼlimi boshligʼi. 1997-2002-yillarda Qashqadaryo viloyat tibbiy diognostika markazining “Ginekologiya” boʼlimi boshligʼi. 2002-2023-yillarda Qarshi shahar kompleksi bosh shifokri. 2023-yildan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyati filiali direktori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Salima Аchilova hamisha oʼz ishiga maʼsuliyat bilan qarab, vijdonan yondashib, koʼpchilikni hurmatiga sazovor boʼlgan. U odamlar bilan muomala qilish, ishni tashkil etishda oʼziga xos tajribaga ega. Hozirda viloyatimizda muvaffaqiyatli oshirilayotgan bunyodkorlik, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarda faol ishtiro etib kelmoqda. Аyniqsa tibbiyot sohasidagi malakali tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Salima Аchilova shifokor sifatida onalar-bolalar oʼlimini oldini olish muammolarini hal etishda jiddiy yondashib kelmoqda.
Nomzodning saylovoldi dasturida Oʼzbekiston Xalq demokratik partiyasi dasturiga asoslangan boʼlib, oʼz saylov okrugida axoli farovonligi va turmush darajasini yanada yuksaltirish maqsadida bir qator takliflarni ilgari surmoqda.
Oʼzbekiston mustaqilligi, uning buyuk kelajagi inson, xalq manfaatlari yoʼlidagi barcha ijobiy ishlari qoʼllab quvvatlash:
Xar bir fuqaroning, oilaning farovon xayot kechirish, xududlarning, tumandagi maxallalarning gullab yashnashi, obodonchiligi uchun xarakat qilish, qonun ustivorligini amalda taʼminlashga intilishi:
Kam taʼminlangan insonlarga yuqori texnologiyali diagnostika va davolash vositalaridan foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish tarafdori:
Olis qishloq xududlaridagi qishloq vrachlik punktlari va ijtimoiy soxa obʼektlariga malakali va tajribali mutaxassislarni jalb etish maqsadida bunday xodimlarni moddiy va maʼnaviy ragʼbatlantirish mexanizmini qonunchilikda mustaxkamlash:
Ishsiz fuqarolarni asosiy xayot extiyojlariga yetadigan, xaq toʼlanadigan, barqaror ish oʼrni bilan taʼminlash nomzod uchun printsipial masaladir.
Xalq salomatligini mustaxkamlash maqsadida tibbiyot muassasalarida zamonaviy innovatsion tibbiy apparaturalari bilan taʼminlash zarur deb biladi.
2019 yil 9 oktyabrda qabul qilingan qonun “Koʼkrak suti bilan boqishni qoʼllab quvvatlashni xalq orasida keng targʼibot qilish”
Irsiy kasalliklar yaʼni tugʼma nuqson aniqlangan bolalarni tugʼilmaslik uchun skrining tekshiruvlarini kuchaytirish.
Markaz xududiy filiallari xamda 1-chi tibbiyot muassasalarida onalar va bolalarni muxofaza qilish uchun tugʼruq muassasalari, ayollar maslaxatxonasi, prenatal skrining xonasi, tibbiyot brigadalari, xomilador ayollarni monitoring qilish uchun yagona tizimni joriy etish:
Tumandagi KTMPdagi ayollar maslaxatxonasida xomilador ayollarni erta muddatda hisobga olish, ularning xolatini tizimli nazorat qilish uchun yagona elektron bazani yaʼni (Аxborot tizimi) toʼliq joriy qilish.
Аyollar orasida reproduktiv organlar xavfli oʼsma kasalliklarni erta aniqlash va tizimli nazorat qilish choralarini koʼrish yaʼni koʼkrak bezi, bachadon boʼyni saratonini erta aniqlash uchun Аxborot tizimi orqali boshqarish, telemeditsina imkoniyatlaridan foydalanish, yashash joyidagi onkonazorat xonalari orqali viloyat va respublika darajasidagi muassasalarida konsulьtatsiya va konsilium oʼtkazish.
Xomiladorlarni statsionar sharoitda tugʼruq jarayonlarini tibbiy xizmat sifatini standartlarga mos boʼlishini toʼliq taʼminlash maqsadida tugʼruq urinlarini bosqichma-bosqich sonini oshirish va malakali kadrlar tayyorlab, malakasini oshirishyu
Onalar va bolalar salomatligini muxofaza qilish, axolini reproduktiv salomatligini mustaxkamlash chora- tadbirlarini ishlab chiqib, onalar va goʼdaklar oʼlimini kamaytirishga erishish.
2022-2026 yillarga moʼljallangan yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi, PFga asosan 5 ta ustivor yoʼnalishi boʼyicha xarakatlar strategiyasi inson xuquqlarini taʼminlash axolining siyosiy faolligini oshirish, ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish va axoli salomatligini taʼminlash koʼrsatilgan.