Beshinchi kun - Taqqoslash operatorlari.
PHP’da taqqoslash operatorlari ikki qiymatni solishtirish uchun ishlatiladi. Ushbu operatorlar true
yoki false
qiymatini qaytaradi. Bu operatorlar ko’p hollarda if, while va boshqa shartli konstruksiyalarda ishlatialdi.
Ikkala qiymat teng bo’lsa, true qaytaradi. Bunda qiymat turi (integer, string va hokazo) hisobga olinmaydi
<?php $a = 5; $b = "5"; var_dump($a == $b); //true ?>
Eslatma: Bu operator qiymatni solishtiradi, lekin ularning turlari e'tiborga olinmaydi. Masalan, son5
va string"5"
teng deb hisoblanadi.
Ikkala qiymat ham teng va ularning turlari ham bir xil bo’lsa true
qaytaradi.
<?php $a = 5; $b = "5"; var_dump($a === $b); //false ?>
Bu yerda $a
integer, $b
esa string bo'lgani uchun ular teng emas.
Ikkala qiymat teng bo’lmasa, true
qaytaradi. Bunda qiymat turi hisobga olinmaydi.
<?php $a = 5; $b = 4; var_dump($a ! = $b);//true ?>
Ikkala qiymat teng emas yoki ularning turlari turlicha bo’lsa, true
qaytaradi.
<?php $a = 5; $b = "5"; var_dump($a ! = = $b); //true ?>
Bu yerda $a
va $b
qiymatlari teng, lekin ularning turlari turlicha (integer va string), shuning uchun natija true
.
>
— Agar chapdagi qiymat o’ngdan katta bo’lsa, true
qaytaradi.
<
— Agar chapdagi qiymat o’ngdan kichik bo’lsa, true qaytaradi.
Agar chapdagi qiymat o’ngdagindan katta yoki teng bo’lsa, true
qaytaradi.
<?php $a = 5; $b = 5; var_dump($a > = $b); //true ?>
Agar chapdagi qiymat o'ngdagidan kichik yoki teng bo'lsa, true
qaytaradi.
<?php $a = 4; $b = 5; var_dump($a < = $b); //true ?>
Taqqoslash operatorlari asosan if va loop (while, for) shartlarini yozishda qo'llanadi:
<?php $age = 18; if($age > = 18) { echo "Siz voyaga yetgansiz!"; }else{ echo "Siz hali kichkinasiz!" } ?>
<?php $a = 10; $b = 20; if ($a < $b){ echo "$a $b'dan kichik"; }else{ echo "$a $b dan katta"; } ?>
var_dump()
funksiyasi PHP’da o‘zgaruvchilar haqida to‘liq ma’lumot berish uchun ishlatiladi. U o‘zgaruvchining turini, qiymatini, va agar massiv yoki ob'ekt bo'lsa, uning tarkibidagi qiymatlarni ham ko'rsatadi.