April 9, 2024
Ramazon hayiti tabrigi
Dunyodagi jamiyki Islom ummati qatori yurtimiz mo‘min-musulmonlari ham katta shodu- xurramlik bilan kutib olayotgan ulug‘ ayyom – Ramazon hayiti bilan sizlarni chin qalbimdan muborakbod etaman.
Qalblarimiz quvonch va ezgulik nuriga to‘lib turgan ushbu saodatli damlarda avvalo mana shunday qutlug‘ va munavvar kunlarga el-yurtimiz bilan birgalikda sog‘-omon yetkazgani uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz.
Oila davrasida, mahallalarda muborak Iyd-al-fitr ayyomini xursandchilik bilan kutib olayotgan siz, muhtaram yurtdoshlarimizni yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman.