March 26, 2025

Men mafianing xotiniman

3-qism

Sua kechasi uyga qaytayotganida yuragi hali ham tez urayotganini sezdi. U bugun mafiya olamiga ilk qadamini qo‘ydi. Bu juda hayajonli edi, lekin ayni paytda biroz qo‘rqinchli ham.

Uyga kelgach, Yoongi uni sinchkovlik bilan kuzatdi.

— Yoongi: “Kecha uyga kech qaytding.”

— Sua (bosh qashlab): “Ha, Jin bilan suhbatlashib o‘tirgandik.”

Yoongi uni diqqat bilan kuzatdi.

— Yoongi: “Jinning uyi bu tomonda emas-ku?”

Sua ichida o‘zini la’natladi. Nega shunchalik ahmoqona xato qildi? Lekin o‘zini yo‘qotmadi.

— Sua: “Ha, lekin yo‘lda aylanishga qaror qildik.”

Yoongi shubhali qaradi, lekin ko‘p so‘roqqa tutmadi.

— Yoongi: “Xo‘p, ertaga ehtiyot bo‘l.”

Sua xonasiga kirib, divanga yiqildi. "Bu endi mening yangi hayotim," deb o‘yladi u.


Uxlab qolgan Sua🥰

Ertasi kuni u maktabga bordi. Ammo u joyida uzoq o‘tirolmadi, chunki Jin uni chaqirdi.

— Jin: “Kecha seni qora mashina kuzatib yurganini ko‘rdim.”

— Sua (hayrat bilan): “Rostdanmi?”

— Jin: “Ha, sen nimaga aralashib qolding?”

Sua jilmaydi.

— Sua: “Sir.”

Jin ko‘zlarini qisdi.

— Jin: “Men sening eng yaqin do‘stingman. Menga hamma narsani aytishing kerak.”

— Sua: “Agar bilsang, meni to‘xtatmoqchi bo‘lasan.”

— Jin (chuqur nafas olib): “Ha, albatta. Chunki bu xavfli.”

— Sua: “Xavfli hayot yoqadi menga.”

Jin bosh chayqadi.

— Jin: “Bo‘pti, o‘zing bilasan. Lekin ehtiyot bo‘l.”


O‘sha kuni kechqurun Tae yana Sua ga qo‘ng‘iroq qildi.

— Tae: “Bugun yana bir topshiriq bor.”

— Sua: “Qanday?”

— Tae: “Men bilan uchrash. Manzilni SMS orqali yuboraman.”

SMS kelgan zahoti Sua yo‘lga tushdi. Manzil – shahar chetidagi yerto‘la edi. U yetib kelganida ichkarida Tae va uning odamlari bor edi.

— Tae: “Bugun sening jasoratingni sinaymiz.”

— Sua: “Qanday qilib?”

Tae kuldi. U bir odamni ko‘rsatdi. Bu odam stulga bog‘langan, og‘zi berk edi.

Tae😘

— Tae: “Bu odam meni sotmoqchi bo‘lgan. Sen uni jazolashga tayyormisan?”

Sua bir lahzaga jim qoldi. Bu sinov haqiqatan ham og‘ir edi. U mafiya hayotini orzu qilgan bo‘lsa ham, bunday shafqatsizlikni ko‘rishga tayyor emasdi.

— Sua (ohangida shubha bor): “Men buni qilishim shartmi?”

— Tae: “Sening tanloving.”

Odam unga yalinib qaradi. Sua esa chuqur nafas oldi.

— Sua: “Meni sinash uchun buni qilishing shart emas edi.”

— Tae: “Bu hayot shunday, Sua. Qo‘rqsang, chiqib ketishing mumkin.”

Sua qattiq o‘yladi. Orzulari ro‘yobga chiqishi uchun u bunga tayyor bo‘lishi kerakmi? Yo‘q, u bunday bo‘lishi kerak emas.

Sua shunday tasavvur qilamiz

— Sua (qat’iy ohangda): “Men mafiyaga aylanmoqchiman, lekin qotil emas.”

Tae unga uzoq tikildi. Keyin esa jilmaydi.

— Tae: “Men aynan shunday javob kutgandim.”

Sua hayratda qoldi.

— Sua: “Nima?”

— Tae: “Men seni qanchalik vafodor va adolatli ekanligingni sinab ko‘rmoqchi edim. Endi bilaman, sen faqat kuchli bo‘lishni emas, balki to‘g‘ri bo‘lishni ham xohlaysan.”

— Sua: “Demak, bu sinov edi?”

— Tae: “Ha. Va sen uni o‘tding.”

Sua nafasini rostladi. U to‘g‘ri qaror qabul qilganidan xursand edi.

— Tae: “Endi sen rasmiy ravishda mening jamoamning bir qismisan.”

U jilmaydi. Sua esa ichida g‘ururlandi.

Bu endi uning yangi hayoti edi.