Faoliyat samaradorlikka qaratilishi lozim
Bugun Samarqand shahar hokimligi binosida shahar hokimligi va hududdagi 4 ta sektor mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan o‘quv-seminar ham shu mavzuga bag‘ishlandi.
Seminarda, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali rahbari o‘rinbosari A.Ibragimov, filial yetakchi inspektori S.Muhammadiyev hamda hokimlik tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari A.Qodirov tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy muammolarni hal etishda sektor a’zolarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda funksional vazifalarini yaxshi bilishlari lozimligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4102-sonli qaroriga asosan Samarqand shahar hokimining tegishli qarorlari qabul qilinib, har bir sektorda 20-dan ortiq tashkilotlardan eng mas’uliyatli va tajribali xodimlar saralab olinganligi, a’zolar tomonidan tizimli ishlarni tashkil etishda idoralararo o‘zaro hamkorlikni to‘g‘ri tashkil etish lozimligi alohida aytib o‘tildi.
Shuningdek, o‘quvda “Mahalla yettiligi”ning samaradorlik ko‘rsatkichlari, hokim o‘rinbosarlarining samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholashga qaratilgan samaradorlik.uz platformasi, sektorning ko‘rsatkichlari sektor rahbari, sektorniki hudud ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir ko‘rsatishini inobatga olib aholi bilan “xonadonbay”, “mahallabay” ishlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berib o‘tildi.
O‘quv yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollar yuzasidan atroflicha javoblar qaytarildi.