December 3, 2021

Marketingdagi 4P ko'pchilik uchun tanish, lekin 5P haqida bilarmidingiz?

Dunyo marketologlari klassik marketing 4 ta yo'nalishni o'z ichiga olishini ta'kidlashadi. Bular:
- Mahsulot (Product),
- Narx (Price),
- Savdo kanali (Place),
- Reklama (Promotion).

Bu majmua 4P yoki "Marketing Mix" deb ataladi va marketologlar iste'molchilarni qoniqtirish yo'lida bosh qotirishi zarur bo'lgan asosiy jihatlar sanaladi.

🧑‍💻 4Pni birma-bir ko'rib chiqamiz:
1-P. Product (mahsulot) — assortiment xilma-xilligi, mahsulotning muqovasi/qadog'i, etiketkasi, xususiyatlari, xizmat ko'rsatish, yetkazib berishni o'z ichiga oladi. Bularning barini doimo iste'molchiga moslab borish kerak.

2-P. Price (narx) — sotuvchi va xarid qiluvchilarning foydasini ko'zlagan holda narx belgilash, turli vaziyat va guruhlar uchun alohida chegirmalar o'rnatish.

3-P. Place (savdo kanali) — savdo joylarini (do'kon, internet, ijtimoiy tarmoq) va distribyutorlarni tanlash.

4-P. Promotion (reklama) — reklamaning turli ko'rinishlari, savdoni rivojlantirish uchun maxsus tadbirlar, aksiyalar tashkil etish, jamoatchilik va alohida shaxslar bilan aloqa o'rnatish.

Qisqa qilib tushuntiradigan bo’lsak 4P muvaffaqiyatli biznesni yo'lga qo'yish uchun
mahsulot, mijoz, vaqt va maqbul joy kerakligini anglatadi.

☝️ Biz o'z qadriyatlarimizga 5-P (Pray)ni ham qo’shishimiz kerak. Ammo biz marketing strategiyalarini qo’llasak ham natijaning qay darajada yaxshi bo’lishi bizga bog’liq bo’lmaydi va biz doimo bu masalada biroz tavakkal qilamiz.

🚀 Hozirgi kunda marketologlar 9P va 11Pgacha bor ekanligini aytishadi.
Sizningcha ularda yana qanday yo'nalishlar bo'lishi mumkin?

👇 Izohlarda yozib qoldiring.