January 8, 2022

Marketing olamida afsonaga aylangan so’zlar…

“Bu ruchkani menga soting” (sell me this pen)!

“The wolf of Wall Street” filmida Leonardo DiCaprio professional sotuv mutaxasisi Jordan Belfort rolini ijro etgan.

Filmda Leonardo DiCaprio xonada o’tirgan sotuvchilarning har biriga ruchka beradi va bu ruchkani o’ziga sotishini aytadi.

Xonada deyarli hamma sotuv suhbatini “Bu zo’r ruchka, bu ruchka bilan siz…” deb ruchka haqida gapirib ketishdan boshlaydi.

Va o’z-o’zidan barcha javoblar DiCaprio tomonidan rad etiladi.

Aslida, bu savol sizga berilganda…

Qanday javob berish kerak?

Bu savolga Jordan Belfortning o’zi quydagicha javob beradi:

“Agar men kimgadir ruchka sotishim kerak bo’lsa unga ruchkani taklif qilishdan oldin, u insoning o’zi va uning ehtiyojlari haqida ma’lumotga ega bo’lib, unga quydagi savollarni bergan bo’lardim:

Sotuv mutaxassislari ruchkani sotishga urinishdan oldin, ular mendan savollar so’rashlarini xohlagan bo’lardim.

Tajribasiz sotuvchilargina to’g’ridan-to’g’ri sotishga harakat qilishadi.

Professional sotuv mutaxassilari…

Savollar berish va ehtiyojni aniqlash orqali potensial mijozni sotuvga tayyorlashadi va keyin…

Sotishadi.

P.S Sizning xizmat va mahsulotlaringizga qiziqish bildirgan odamlarning ularga shunchakiy narxni aytish sotuvlaringizni kafolatlashiga ishonsangiz…

Ko’p narsa yo’qotyapsiz.

Fikringizni izohlarda qoldiring.✍🏻