SMM!
Najot Ta'lim jamoasi SMM yoʻnalishi zamon bilan hamnafas yurishi kerak boʻlgan sohalardan biri ekanligini hisobga olib, bozor uchun sifatli va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash maqsadida oʻzining yangilangan tartibdagi kursini taqdim etadi.
⠀
⚡️ Kurs davomida marketing nazariyasi, bozor analizi, ijtimoiy tarmoqlarning texnik imkoniyatlari, SMM strategiya tuzish, kopirayting, PR, targeting hamda sohaga doir boshqa koʻplab bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirishingiz mumkin boʻladi.
⠀
Oʻquvchilar endi 4+1 shaklida yaʼni avval nazariy va texnik koʻnikmalarni egallab, soʻng Najot Taʼlim jamoasida 1 oy davomida mutlaqo bepul tarzda, real loyihalar bilan amaliyot qilishlari mumkin boʻladi.
⠀
Yana bir muhim eslatma: yangilangan tartibdagi kursimizda oʻqish istagida boʻlgan barcha yoshlar avvalo kirish imtihonlaridan oʻtishlari lozim boʻladi.