December 8, 2021

Shaxsiy brend bo’yicha gaplashamiz. Space academyNovember 17, 2021

1. Shaxsiy brend — bu o'z individualligingizni ifoda etish vositasi.

2. Ishonch qozonishga yordam beradi.

Shaxsiy brendingizni rivojlantirish sizga atrofdagilarning ishonchini qozonishga yordam beradi. Insonlarning ishonchini qozonishga o'z kuchli va ijobiy tomonlaringizni namoyon etish hamda ularni dunyo bilan bo'lishish orqali erishasiz.

3. Ishonchni shakllantiradi.

Siz o'z so'zlaringiz bilan emas, balki harakatlaringiz orqali insonlarning sizga bo'lgan ishonchini oshirasiz.

4. Chinakam mutaxassis ekanligingizni namoyish qilish vositasi sanaladi.

Shaxsiy brendga ega bo'lishning biznesda muvaffaqiyatga erishish borasida ahamiyati katta. Siz ma'lum bir sohani tanlab, aynan shu sohada rivojlanishga intilishingiz kerak. Bir vaqtning o'zida barcha sohalarga ixtisoslasha oladigan insonning o'zi yo'q.

5. Boshqalardan ajralib turishingizga imkon beradi

Barchaga o'zgacha yo'nalishi bor insonlar yoqadi. Chunki insonlar o'zlaridan qaysidir jihat bo'yicha farqlanib turadigan insonlarni kuzatishni xush ko'rishadi.