June 21, 2025

Sirli Maktab

47-QISM: "YONG‘INGA AYLANAYOTGAN JIMJITLIK"

Qorong‘u tun. Yomg‘ir yerdan o‘chmas iz qoldirgandek tinimsiz yog‘ardi. Yoo-jin akademiyaning orqa hovlisida, yomg‘irda ho‘llanib turgan eski supada sukut ichra o‘tirar edi. Uning ko‘zlarida har xil savollar — nima bo‘ldi? Nega bo‘lyapti? Va, eng muhimi… Taehyung uni yana nega qutqardi?

Orqasidan bir qadam tovushi eshitildi. Og‘ir, salobatli, lekin ichida g‘am yashiringan tovush. Bu — Jin edi.

— “Bu yerda nima qilyapsan, Yoo-jin?” — dedi u sekin, lekin yuragidagi xavotirni yashirmay.

Yoo-jin jilmayishga urindi, ammo bu kulgu singari edi — quruq va og‘riqli.

— “Hamma yolg‘onchi, Jin. Taehyung, Jimin, hatto... sen ham,” — dedi u nigohini pastga qadab.

Jin bir muddat indamadi. Keyin asta yurib, uning yoniga o‘tirdi. Yomg‘ir ikkalasining yelkalarini ho‘l qilgan edi.

— “Men seni himoya qilmoqchi bo‘ldim. Lekin bu dunyoda haqiqat — eng xavfli narsa. Agar seni himoya qilish uchun yolg‘on gapirishga to‘g‘ri kelsa, men buni yana qilaman,” — dedi Jin, yuzini boshqa tomonga burib.

Yoo-jin titradi. Jin uni iliq ko‘ylagi bilan yopa boshladi, ammo u ko‘ylakni tortib qo‘ydi.

— “Endi hech kimga ishonmayman…”


Shu payt… Mafiya bazasida, Taehyung

Kiyinayotgan Taehyung o‘zining qonli kaftiga qaradi. U Jin bilan dushman klan boshlig‘i o‘rtasidagi muzokaraga maxfiy ravishda bostirib kirgan edi. U bugun bir kishini o‘ldirdi. Lekin bu safar bu oddiy topshiriq emasdi — o‘sha odam Yoo-jin haqida nimadir bilardi.

U oynaga qarab, pichirladi:

— “Agar ular unga tegsa, men butun dunyoni yoqib yuboraman…”

U eshikni ochdi. Oppoq devorlarga o‘xshagan qamoqxona ichidan bir narsa chaqdi — bu qorong‘ulikda yonib turgan bitta fotosurat edi. Yoo-jinning bolaligidan surat. Orqasida esa — "Qaytganimizda uni olib ketamiz" degan yozuv.

Uning kafti titradi.

— “Jungwook... bu senmiding?!” — deya tishini g‘ijirlatdi u.


Namjoon va Suga yerto‘lada sirli xujjatlarni ko‘rib chiqmoqda edi. Qo‘llarida Yoo-jin va Jinning haqiqiy oilasi haqida sirli fayl bor edi. Fayl nomi: “A001–SIN: Qonuniy merosxo‘r”

Namjoon ohangini pasaytirib so‘radi:

— “Agar bu to‘g‘ri bo‘lsa... unda Yoo-jin haqiqatan ham bizdan emas...”

Suga sekin bosh irg‘adi.

— “Va bu hammasini o‘zgartiradi. Jin buni bilsa, yuragi ko‘tarolmaydi. Jimin... u albatta yonib ketadi. Ammo eng xavfli narsa... Taehyung bunga qanday javob beradi?”


Tun oxirida... Yoo-jin maktab koridorida

Yolg‘iz qadam tovushlari. U devorga suyanib o‘tirgandi, ko‘zlarida yosh, ammo labida: “Endi ularni yo‘q qilaman. Meni aldaganlarni. Meni sevib, so‘ngra xiyonat qilganlarni. Hammasini...”

Shu payt orqasidan Taehyung paydo bo‘ldi. Uning ko‘zlarida g‘am, g‘azab, va... achinish bor edi.

— “Senga yana zarar tegsa, men o‘zimni kechirolmayman,” — dedi u past ovozda.

Yoo-jin unga qaradi. Ko‘zlari rangini yo‘qotgan, ammo yuragida allaqanday narsa g‘imirlab turgandi.

— “Unda menga yordam ber. Yolg‘onchilarni yo‘q qilamiz.”

Ikki nigoh to‘qnashdi.

Ikki yurak jimjitlikda urishdan to‘xtadi.

Yong‘in boshlanmoqda edi… ammo bu hali boshlanishi edi, urush endi boshlanadi.

48-QISM: "Sirli Fayl: A001–SIN"

Suga va Namjoon yerto‘lada topilgan faylni diqqat bilan o‘qib chiqmoqda edi. Har bir sahifa — boshqa dunyo. Yoo-jin aslida mafiya imperiyasining qonuniy merosxo‘ri edi. U tug‘ilgan zahoti onasidan ajratilgan va boshqa oilaga topshirilgan. Chunki... haqiqiy merosxo‘r bo‘lish — hayot uchun do‘zaxga kirish demak edi.

— “Demak Jin, Jungkook, Jimin — ular ham buni bilgan,” — dedi Namjoon sekin.

— “Yo‘q... bu sir faqat bizga ochilgan. Ammo endi... bu hammamizni o‘ldirishi mumkin,” — dedi Suga.

Ular bir-biriga qarashdi. Faylning oxirida bitta jumla:
"Qon merosi qaytadi. Qon qasos oladi."


49-QISM: "Jin yuragidagi portlash"

Jin Yoo-jinni himoya qilayotgan edi. Lekin yuragida shubha o‘sib borardi. U axborot yig‘ish uchun akademiya rektorining xonasiga bostirib kirdi. Kompyuterdagi maxfiy faylni ochgan zahoti... haqiqat uni yo‘q qildi.

— “Yoo-jin... mening singlim emas? Yo‘q... bu yolg‘on bo‘lishi kerak…” — dedi u pichirlab, ko‘zlari yoshga to‘lib.

U qattiq stulga tepdi. Yuragida g‘am va g‘azab.

— “Agar bu rost bo‘lsa... biz ham uni o‘ldiradiganlardanmizmi?” — dedi u o‘zidan o‘zi.

O‘sha kecha Jin yo‘qoladi. Uni hech kim ko‘rmaydi. Jin endi kimligini anglash uchun yo‘lga chiqadi — va yolg‘izlik unga yoqadi.


50-QISM: "Jiminning tanlovi"

Yoo-jin, Suga, Namjoon, va Taehyung bir xona ichida. Qorong‘i. Tashqarida qurollangan dushmanlar ularni o‘rab olgan. Ammo eng katta xavf — ichkarida edi

Jimin kirib keldi. Uning qo‘lida qurol. Unga ikki tomondan buyruq berilgan:
— Yoo-jinni o‘ldir — aks holda sening o‘tmishing ochiladi.

Taehyung unga qarab turdi. Ko‘zlarida ishonch yo‘q.
Yoo-jin esa indamadi.

Jimin qurolni ko‘tarib, sekin qadam tashladi. Yuragi urardi.

— “Menga bu tanlovni majburlaganlar, meni yo‘qotishadi.”

U qurolni o‘z boshiga tiradi.

— “Lekin men dushman emasman. Yoo-jinni himoya qilaman!”

Taehyung ko‘zlarini yumdi.

Birinchi marta — Jimin haqiqatdan ham do‘st bo‘ldi.


51-QISM: "Jungwookning xiyonati"

Jungkook yashirin hududda. U Yoo-jin haqidagi sirni kimlargadir yetkazmoqda. U telefon orqali:

— “Ha, qiz tirik. U siz izlayotgan qon egasi. Pulni ko‘paytiring. Aks holda uni o‘zim sotaman,” — dedi.

Ammo orqasidan Jin chiqdi. Ko‘zlarida olov.

— “Sening qilgan ishing... meni ham, Yoo-jinni ham sotish edi?”

Jungkook jilmaydi.

— “Bu dunyoda hayotda qolish uchun... sotish kerak, Jin. Sevgi bilan yashab bo‘lmaydi.”

Ular bir-biriga qaradi.

Ular o‘rtasida mushtlashuv boshlanadi. Jin yiqiladi, ammo ko‘zlarida yong‘in:

— “Seni yana ko‘rsam... o‘zim yo‘q qilaman.”


52-QISM: "Taehyungning qasami"

Yoo-jin, Taehyungning xonasida. U devorda o‘zining bolalik rasmi, onasi bilan bo‘lgan suratlarni ko‘rmoqda. Ko‘zlari yoshlanadi.

— “Men kimman, Taehyung? Sen haqiqatni bilasan... menga nega aytmading?”

Taehyung chuqur nafas oldi.

— “Men senga aytmasligim kerak edi. Chunki haqiqat seni o‘ldirardi.”

U unga yaqinlashdi. Uning qo‘llarini ushlab, ko‘zlariga qaradi.

— “Lekin endi sendan hech narsa yashirmayman. Hattoki bu meni o‘ldirsa ham... seni himoya qilaman. Bu — mening qasamim.”

Yoo-jin ko‘zlarida yosh, lekin yuragida — ilk bora ishonch.

— “Unda birga kurashamiz, V…”

Taehyung jilmaydi:

— “Devorlar yiqilsa ham, men sendan voz kechmayman.”


53-QISM: "Kutilmagan hujum"

Akademiya tuni. Tinchlik. Ammo bu faqat ko‘rinishda edi.

To‘satdan osmondan dronlar uchdi. Portlashlar boshlandi. Notanish qaroqchilar Yoo-jinni o‘g‘irlash uchun keldi. Suga va Namjoon darhol jang holatiga o‘tishdi. Jimin esa Yoo-jinni qo‘riqlab, unga qalqon bo‘ldi.

Ammo bir zarbada... Jimin o‘q yedi.

Yoo-jin qichqirdi:

— “JIMIN!”

Taehyung unga yetib keldi, uni quchdi.

— “Ularni yo‘q qilaman. Sen faqat tirik qol.”

Va shu on... Yoo-jin birinchi marta o‘z ichidagi kuchni ishga soldi. Uning nigohida... yangi shiddat bor edi. U endi qurbon emas edi. U endi jangchi edi.

54-QISM: "Men endi qurbon emasman"

Jimin o‘q yeganidan keyin akademiyada har bir soniya og‘irlik bilan o‘tmoqda. Yoo-jin qonli qo‘llari bilan Jiminni tutgancha yig‘lamoqda. Suga va Namjoon tez tibbiy yordam ko‘rsatmoqda.

Taehyung esa dushmanning liderini ortidan quvmoqda.

Ammo Yoo-jin birdan to‘xtaydi. Uning nigohi sovuq.

— “Men bunga chek qo‘yaman. Men ularning oldida bo‘sh bo‘la olmayman. Endi yetar.”

U xona ichidagi derazani sindirib, o‘qotar qurolni qo‘lga oladi.

Namjoon hushyorlik bilan qaraydi:

— “Nima qilmoqchisan?”

— “Ularni topaman. Jin qayerda bo‘lsa ham, Jungkook qayerga yashirinsa ham — men boraman. Endi men himoyaga muhtoj emasman.”

Bu — Yoo-jinning tug‘ilishi edi. Endi u kimligini anglay boshladi: merosxo‘r, kuchli, va xavfli.


55-QISM: "Qorong‘ilikdan chiqqan Jin"

Jin bir necha kundan beri g‘oyib bo‘lgan. Uning yuragi, ongini titratgan haqiqat uni jimjitlikka g‘arq qilgan edi. U tog‘lar orasidagi eski bazaga qaytadi — bu ularning bolalikdagi ta’lim joyi edi.

U yerda uni kutilmagan odam kutmoqda: Otasi.
Nafratli nigohlar bilan.

— “Seni olib ketganimda sendan Jin emas, qurol yasamoqchi edim. Lekin sen zaifsan.”

Jin sekin oldinga yurdi. Yuzida yillik azob bor edi.

— “Men endi o‘zimni himoya qilish uchun emas, boshqalarni himoya qilish uchun jang qilaman.”

Otasi kuldi.

— “Seni sindiraman. Yoo-jinni ham. U bizning qiz emas.”

Jin pichirladi:

— “U bizning qiz emas, lekin u mening... o‘zim tanlagan singlim.”

U xonadan chiqdi. U endi yakkama-yakka jangga tayyor edi. Jin qaytdi.


56-QISM: "Jung Hoseok: Haqiqat yuzasida"

J-Hope oxirgi paytlarda jim edi. Lekin u ham o‘ziga xos rolni bajarayotgan edi. U maxfiy tarzda harakat qilib, dushman mafiyasining bir qismi bo‘lgan sobiq murabbiylarini kuzatgan.

U ularning harakatlarini yozib olgan. Ammo... ular orasida tanish bir odam bor edi: Yoo-jinning haqiqiy otasi.

J-Hope hushini yo‘qotayozdi.

— “Bu rost bo‘lishi mumkin emas...”

U barcha dalillarni olib Taehyungga ko‘rsatadi.

— “Yoo-jin aslida ularnikimi?”

Taehyung bu xabarni eshitib, jim turadi. Ko‘zlarida og‘riq.

— “Demak... biz uni yillar davomida o‘z hayotidan ajratganmiz.”

Yuraklar sinmoqda. Lekin bu — endi haqiqat bilan yuzlashish davri.


57-QISM: "Qonli murosa"

Akademiya devorlari orasida vaqtincha tinchlik. Yoo-jin, Taehyung, Namjoon, Suga, Jimin (haligacha hushsiz), va J-Hope yig‘ilgan.

Fikrlar bo‘linmoqda. Kimdir urushni to‘xtatmoqchi. Kimdir — yo‘q qilishni.

Yoo-jin so‘z oladi.

— “Men murosa qilishni xohlamayman. Men bularning hammasiga chek qo‘yishni xohlayman. Agar meni bu urushga tortgan bo‘lsangiz, men uni yakunlayman.”

Namjoon o‘ylab turib, boshini irg‘adi.

— “Demak biz sening ortingdan boramiz.”

Yigitchalar bir-biriga qaradi. Bu — ularning oxirgi birlashuvi bo‘lishi mumkin.

Taehyung esa faqat Yoo-jinga qaradi:

— “Men sening yoningda qolaman. Hamma narsa barbod bo‘lsa ham.”


58-QISM: "O‘g‘irlangan xotiralar"

Suga Yoo-jinning onasi haqida yangi fayl topadi. Unda aytilishicha, Yoo-jinning bolalikdagi ba’zi xotiralari maxsus dorilar bilan o‘chirilgan.

Bu — unga kimligini unuttirish uchun qilingan edi.

Yoo-jin eshik ortidan buni eshitib qoladi.

U derazaga qarab, ko‘zlarida sukunat bilan pichirlaydi:

— “Shuning uchun men doim bo‘shliqni his qilganman...”

U bolalikdagi eski joyiga boradi — yodgorlik bog‘iga.

U yerda chang bosgan o‘yinchoq topadi. Unga ilib qo‘yilgan yozuv:
“Yoo-jin, onang seni sevadi.”

U qattiq yig‘laydi. Endi u orqasidagi zulmatni tushunadi.


59-QISM: "Taehyung — qorong‘ulikning o‘g‘li"

Bu qismda Taehyung o‘z haqiqati bilan yuzlashadi. U sevgan qiz — dushmanlarining nishoni. U esa — qotillar oilasida ulg‘aygan.

U oynaga qarab, yuzini ko‘zdan kechiradi.

— “Men uni himoya qilish uchun dunyoni yo‘q qilishga tayyorman. Lekin uni sevganim uchun o‘zimni yo‘q qilishga ham tayyorman.”

Yoo-jin kirib keladi. Ular bir-biriga qaraydi. Ko‘zlarda jimjimo.

— “Agar bu urush sening yuragingni sindirsa... meni unut,” — dedi Taehyung.

Yoo-jin qattiq oh tortdi.

— “Men seni hech qachon unutmayman. Hattoki yuragim bo‘laklarga bo‘linsa ham.”

Ular quchoqlashadi. Bu — urushdan oldingi so‘nggi sukunat edi.


60-QISM: "Qon, olov va oxirgi reja"

Ular barchasi qora kiyimda. Tungi reyd boshlanmoqda. Maqsad — Yoo-jinning haqiqiy otasi boshliq bo‘lgan dushman mafiyani yo‘q qilish. Ammo bu urush — oson bo‘lmaydi.

Har bir qadam, har bir nafas — o‘lim bilan yuzma-yuz.

Jin qaytadi. U ularni bazaning orqa darvozasi orqali kiritadi.

— “Men buni tugatish uchun qaytdim.”

Yoo-jin unga birinchi marta ko‘z yosh bilan qaraydi:

— “Seni yana ko‘rganimga ishonmadim.”

Jin jilmaydi:

— “Men hech qachon ketmaganman, Yoo-jin. Endi barchasini birga tugatamiz.”

Qurollar tayyor.

Yuraklar urmoqda.

Ular bazaga bostirib kiradi. Dushmanlar hushyor. Qo‘rqinchli to‘qnashuv — endi boshlanmoqda.


61-QISM: "Birinchi o‘q"

Baza ichiga kirishgan Yoo-jin va aka-ukalari qop-qorong‘u tunnel ichida harakatlanmoqda. Oldinda faqat qora jimjitlik.
Taehyung pichirlab gapiradi:

— “Bu devor orqasida u bor. Uni o‘ldirishga tayyormisan?”

Yoo-jin nigohini pasga qaratdi. Yuragi urmoqda.

— “U mening otam bo‘lsa ham, meni tark etgan. U meni o‘ldirmoqchi edi. Ha... tayyorman.”

To‘satdan portlash!
Dushmanlar bilan birinchi to‘qnashuv boshlanadi. O‘qlar yog‘iladi. Suga zarba oladi, lekin yiqilmaydi.

Namjoon nishonga oladi:

— “Bu bizni to‘xtatmaydi!”

Birinchi qon to‘kiladi. Bu endi qaytishsiz yo‘l edi.


62-QISM: "Dushman yuragi — otaning ko‘zlari"

Uzoq koridor oxirida bir odam kutmoqda. Orqa tomonda oltin yoritilgan xona. U — Yoo-jinning haqiqiy otasi. Qoshlar orasida chiziq, ko‘zlarida sovuqlik.

Yoo-jin unga qurol tutadi:

— “Nega meni tark etding?”

Otasining javobi sovuq:

— “Men seni himoya qilmoqchi edim. Lekin vaqt o‘tdi. Endi sen dushmansan.”

Yoo-jin titraydi. Bu odamdan tomirlaridagi qon. Ammo yuragida – nafrat.

— “Menga seni yo‘q qilishni o‘rgatishdi. Lekin men... bu vazifani o‘zim tanlayapman.”

U otasining ko‘ziga qarab o‘q uzadi. Otasi qulab tushadi.

Yoo-jin tiz cho‘kadi. Ko‘zlaridan yosh emas — qon oqyapti.


63-QISM: "Jiminning oxirgi daqiqalari?"

Portlashdan keyin Jiminning ahvoli og‘irlashadi. Tibbiy punktga olib kirishgan, ammo qon to‘xtamayapti.

J-Hope yonida, ko‘zlarida yosh bilan turibdi:

— “Qattiq tur, do‘stim. Biz seni yo‘qotolmaymiz.”

Jimin sekin ko‘zini ochadi. Past ovozda:

— “Ayt... Yoo-jinga... men uni... faqat do‘st sifatida emas... sevganimni ayt…”

J-Hope yig‘laydi:

— “Sen o‘lmaysan, Jimin! Sen hali unga o‘zing aytasan!”

Yorug‘lik pasaymoqda. Yuraklar ezilmoqda. Shifokorlar yugurmoqda. Jimin – hayot va o‘lim orasida.


64-QISM: "Qutqarilgan Jin, halokatli Tanlov"

Jin dushman bilan jangda asirga tushadi. Qo‘l-oyog‘i bog‘langan. Yonida — o‘ldiruvchi inyektsiya.

Jungwook unga qarab turibdi:

— “Seni o‘ldirish men uchun muammo emas. Ammo agar Yoo-jinni olib bersang, seni tirik qoldiraman.”

Jin asta jilmaydi. Labida qon.

— “Yoo-jin sen uchun mablag‘, lekin men uchun — hayot.”

Jungwook unga suyunmay qaraydi.

Jin asta ko‘zini yumdi va kuchli harakat bilan o‘zini inyektsiyadan xalos qiladi, jang boshlanadi. Yarador holatda chiqib ketadi.

— “Men har doim sening yoningda bo‘laman, Yoo-jin…”


65-QISM: "Taehyungning yo‘qotishi"

Yoo-jin bazaning eng ichki qismida jang qilmoqda. Taehyung esa yuqorida dushmanning snayperi bilan kurashmoqda. U oxirgi dushmanni yiqitgan payt... orqasidan o‘q tegadi.

Yoo-jin orqasiga qaraydi.

— “TAEHYUNG!”

Taehyung yiqiladi. Qo‘lida — Yoo-jinning surati. Ko‘zlarini yummoqda.

— “Meni kechir. Men seni sevaman…”

Yoo-jin yiqilib, uni bag‘riga bosadi. Qichqiriq — bazani larzaga soladi.

— “Sen o‘lma... biz hali birga bo‘lishimiz kerak edi...”

Ammo Taehyung… jim.


66-QISM: "Yurak portlagan tun"

Barcha dushmanlar yo‘q qilindi. Baza yonmoqda. Ammo yuraklar parcha.

Suga, Namjoon va J-Hope yarador. Jin hushsiz. Yoo-jin esa – Taehyungni ko‘tarib chiqmoqda. Yuragida qasos, azob va umid aralash.

To‘satdan Taehyung o‘zini harakatlantiradi. Hali o‘lmagan!

U pichirlab aytadi:

— “Sening ismingni oxirgi marta aytishim mumkin deb o‘yladim...”

Yoo-jin qattiq quchoqlaydi:

— “Sen meni tark eta olmaysan. Biz hali boshlamadik ham.”

Yomg‘ir yog‘moqda. Yong‘in tugagan.

Ammo — yangi davr boshlanmoqda.


67-QISM: "Qon va muhabbatdan tug‘ilgan kelajak"

Uch hafta o‘tdi.

Hamma shifo topmoqda. Yoo-jin eshikdan chiqadi, akademiyaga qaytadi. U endi o‘sha qiz emas. Endi u – Merosxo‘r, jangchi, va eng muhimi – o‘z hayotining egasi.

Akalaridan biri pichirlaydi:

— “Sen bizga qiz bo‘lib kelganding. Endi esa... qirolichaga aylanding.”

U orqaga qaraydi. Taehyung unga yaqinlashadi.

— “Sen uchun men endi kimman?” — deydi u past ovozda.

Yoo-jin jilmayadi:

— “Sen – meni tirik saqlagan yuraksan.”

Ular bir-birining qo‘lini tutadi.

Ularning sevgi hikoyasi — endi boshlandi.