June 29, 2025

Sehrlar olami

2 fasl 1 chapter

JK xonasi.

Jk ning onasi (yarim nurli libosda, muhtasham, lekin ko‘zida chuqur qayg‘u):
— Bu kim bo‘ladi, bolam?

Jk (ko‘zlarini qisib, darg‘azab, ammo jim):
— Yerliklardan biri. Yana muammo.

Bella (eng beparvo ohangda):
— Salom! Men Bella. Yaxshiyam ki, siz kelibsiz, oyisi! Axir kimdir bu yigitni tarbiyalashi kerak, to‘g‘rimi?

Jk (tishlarini g‘ijirlatadi):
— Bella, chiqqin xonadan!

Jk ning onasi jilmayib Bellaga qaraydi:
— Qiziq, yerliklar orasida bu qadar dadil gapiradiganlar kam uchraydi. Sen bu yerga qanday kelding?

Bella (elkasini qisib):
— Xat, tunda, sehrli, shunga o‘xshash. O‘zim ham hanuz tushunmadim.

Jk ning onasi (bir lahza sukut, so‘ng JK ga):
— Balki u... u bo‘lishi mumkinmi?

Jk:
— Yo‘q, bu mumkin emas. Bu oddiy yerlik. Sezmadim ichida hech qanday... urush ohangi.

Jk ning onasi:
— Uni tekshirish kerak. Sen esingdami... Ko‘hna Bashoratda nima deyilgan?

Jk (mayli deganday):
— Yaxshi. Unga "Kumush Xona"ga ruxsat ber. U yerda haqiqat fosh bo‘ladi. Agar u... u bo‘lsa... o‘yin endi boshlanadi.


Keyinroq, "Kumush Xona"da.

Bella xonaga kiradi. Devorlar nurlanadi, havoda sehrli harflar suzadi. O‘rtada bir katta oynavand kristall tosh.

Kristall ovoz chiqaradi (cho‘ziq va yengil qo‘rquvli):
— Isming nima, kelgan joying qaerdan, yuragingda qanday niyat bor?

Bella (jiddiy tortinib):
— Bella Epoque. Yerlikman. Niyatim? Hali bilmayman... balki ozodlik.

Kristall kuchli chaqnaydi. So‘ng yoritilgan matn havoda paydo bo‘ladi:

"U — Tanlangan. Qonida Uyg‘onmagan Sehr. Yuragida Yashirin O‘t. Osmonga tikilgan qiz — Qorong‘ulikni yutadi."

Jk va onasi orqadan kuzatib turishgan edi.

Jk:
— Bu... mumkin emas.

Onasi (ko‘zida yosh):
— Bashorat yana tirildi.


Shu payt, boshqa joyda.

Suho, Leyla va boshqa olov fakulteti talabalari "Yashirin Minorada" yig‘ilgan.

Leyla:
— Suho, bu yerlik qiz... unda nimadir bor. Uning kelishidan beri osmon ko‘kargan.

Suho (g‘amgin):
— Men uni nafrat qilyapman, lekin ko‘zim unga tortadi. Bu... xavfli.

Leyla:
— Ehtiyot bo‘l, akam. Agar u Tanlangan bo‘lsa, sening taqdiring... u bilan bog‘liq bo‘ladi.


Kechasi. Bella Jisa va Siya bilan tomda.

Jisa (hayajon bilan):
— Sen Kumush Xonaga kirganingni eshitdim! Nima bo‘ldi u yerda?

Bella:
— Ular bashorat haqida gapirishdi. Men esa faqat uyimga qaytishni xohlayman.

Siya (o‘ychan):
— Balki sen bu yerga tasodifan kelmagandirsan, Bella. Balki bu... senga kerak bo‘lgan joydir.

Jisa:
— Qanday bo‘lmasin, biz sen bilanmiz. Sehrsiz bo‘lsang ham, eng jasurimiz sensan.


Ammo boshqa burchakda, sirli qorong‘u bir mavjudot Bella ismli qizning kelishini kuzatmoqda edi...

— U nihoyat keldi... Qonim unga chaqiryapti...