January 31, 2025

O'zbekiston asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar tahlili. O'zbekiston barqaror o'sish mezonlariga javob beradigan rivojlangan mamlakat bo'lishi uchun qanday iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishimiz kerak?

Kalit so'zlar: YaIM, inflyatsiya, investitsiya, eksport, import, dversifikatsiya, standartlashtirish

Mamlakatning iqtisodiy tizimi va uning global yoki mintaqaviy iqtisodiyotdagi o'rnini aniqlovchi, rivojlanish darajasini ifodalovchi asosiy o'lchov birliklari makroiqtisodiy ko'rsatkichlar deb ataladi. Ushbu ko'rsatkichlar mamlakatning makro darajadagi iqtisodiy holatini ko'rsatish bilan bir qatorda, uning barqarorligini, samaradorligini va kelgusi rivojlarini baholashga yordam beradi. Shu bois ham barcha mamlakatlar uchun makroiqtisodiy ko'rsatkichlar o'zining ahamiyatligini va albatta ta'sirini ko'rsatmasdan qolmaydi. Shu bois ham O'zbekistonning makroiqtisodiy ko'rsatkichlarini tahlil qilish dolzab.

O'zbekistonning maqroiqtisodiy ko'rsatkichlarini tahlil qilar ekanmiz, albatta hozirgi darajagacha bo'lgan vazyatlarni ham ko'rib chiqishimiz kerak. Mustaqillikning ilk yillarida O'zbekiston iqtisodiyoti Sovet ittifoqining parchalanishi va tashqi bozorga integratsiyalashgan iqtisodiy tizimdan uzilishi natijasida murakkab bir vazyatga tushib qoldi. Buning oqibatida ko'plab korxonalar xususiylashtirildi va hattoki ba'zilari yopildi. Bu esa ishlab chiqarish qasqarishini, ishsizlar sonini ortishiga, YaIM qisqarishiga va inflyatsiya darajasi 1000 % yetishiga sabab bo'ldi. Bunday inqiroz sharoitida O‘zbekiston hukumatining asosiy strategiyasi bosqichma-bosqich iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bo‘ldi. "O‘zbek modeli" deb nomlangan iqtisodiy strategiya asosida qishloq xo‘jaligi va sanoatda davlat ishtirokini saqlab qolgan holda bozor iqtisodiyotiga asta-sekin o‘tish yo‘li tanlandi. 1996-yildan boshlab inflyatsiya pasaya boshladi, YAIMning o‘sish sur’ati ijobiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldi va iqtisodiy barqarorlikka erishish yo‘lida dastlabki qadamlarga asos solindi. Keyin yillarda davlat YaIM har yili 7-10% oralig'ida o'sdi va inflyatsi ko'rsatkichi o'rtacha 10 %ni ko'rsatdi.

2017-yildan boshlab davlatda yangi siyosiy kuch ya'ni Shavkat Mirziyoyev prezident bo'lishi natijasida iqtisodiyot yangi strategiyalar asosida shakllana boshladi. O‘zbekiston ochiq bozor iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan, investitsiyalar uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan hamda ichki iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishga asoslangan strategiyani amalga oshira boshladi.

Makroiqtisodiy ko'rsatkichlardan biri YaIM misolida tahlil qiladigan bo'lsak, 2017-yilda O'zbekiston YaIM 302.5 trln so'mni tashkil qilib, yillik o'rtacha o'sish miqdori 5-6 % ni tashkil qilib, 2024-yilda ilk bor 1 000 000 000 000 000(kvadrillion) so'mdan o'rtdi. Bunda albatta inflyatsiya darajasini ham unutmaslik kerak. Amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida ko'rishimiz mumkinki: YaIM hajmini 1 kvadrilliondan organini, Inflyatsiya darajasi turg'unlashtirilgan tarzda 8-10% da ushlab turulganini, garchi sof exportimiz manfiy holatda bo'lsa ham eksport hajmi 23 mlrd dollarga yetganini, Investitsiyalarning YaIMdagi ulushi 33 % ga yetganini ko'rishimiz mumkin.

O'zbekiston rivojlangan mamlakatlar qatoridan o'rin egallash uchun albatta BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadlaridan (SDG) foydalangan holda keyingi iqtisodiy munosabatlarni rejalashtirish kerak. Masalan:

  1. SDG 1: Qashshoqlikni kamaytirish
  2. SDG 4: Ta'lim sifatini yaxshilash
  3. SDG 8: Barqaror iqtisodiy o'sish va yaxshi ish o'rinlari yaratish
  4. SDG 9: Sanoat, innovatsiyalar va infratuzilmani rivojlantirish

Shuningdek, sanoatni diversifikatsiya qilish muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston asosan qishloq xo‘jaligi va neft-gaz sohasiga tayanadi. Biroq, bu sektorlardagi resurslarning tugashi va bozorning o‘zgarishi tufayli iqtisodiyotning boshqa sohalariga, masalan, yuqori texnologiyalar, ishlab chiqarish va xizmatlar sohasiga investitsiyalarni jalb qilish zarur. Sanoatni diversifikatsiya qilish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish va tashqi bozorlarga kengroq chiqish mumkin.

Yana bir e'tibor qaratishimiz kerak bo'lgan soha bu Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va savdo siyosatini liberallashtirish. Mamlakatni jahon iqtisodiyotiga yanada faol integratsiya qilish, yangi eksport bozorlarini qidirish va xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash barqaror o‘sishni ta'minlashda muhim o‘rin tutadi. Bu sohada amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlardan biri sifatida JSTga a'zo bo'lishni ham keltirib o'tsak bo'ladi.

Biz albatta yana bir yo'nalishni ham ko'zdan qochirmasligimiz kerak, bu yo'nalish standartlashtirishdir. O'zbekiston iqtisodiyotni yangi bosqichga olib chiqishi va export hajmini o'sishini ta'minlash uchun albatta standartlashtirni osonlashtirishi kerak. Buning uchun esa milliy mahsulotlarnig sifatiga ham katta e'tibor berish kerak. Bu iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish uchun e'tibor qaratishimiz kerak bo'lgan asosiy sohalardandir.

‘zbekistonning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun yuqoridagi islohotlarni amalga oshirish zarurati va ular bilan bog‘liq imkoniyatlarni to‘g‘ri baholash, milliy iqtisodiyotning o‘sishini davom ettirish va xalqaro miqyosda barqaror o‘sishni ta'minlashda asosiy omil bo‘ladi. O‘zbekistonning iqtisodiy islohotlari mamlakatni jahonning rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo‘shishga olib keladi va xalqaro hamkorlikda yangi iqtisodiy yutuqlarga erishish imkonini beradi. Bularning barchasi esa makroiqtisodiy ko'rsatkichlarda ko'rinadi.