Bolani chet davlatda nazoratsiz qoldirishning javobgarligi belgilandi.
O‘zbekiston RespublikasiPrezident tomonidan imzolangan 2023-yil 15-martdagi O‘RQ 823-son qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi.
Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, O‘zbekiston fuqaroligiga ega bolani ota, ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs yoxud hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirsa:
➖ BHMning 10 baravaridan 50 baravarigacha (3 mln so‘mdan 15 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
- Shunga ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda ko‘pi bilan 30 kunlik muddat belgilanib, sud ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs zimmasiga bolani chet davlatdan O‘zbekistonga qaytarish yoxud huquqbuzarlikni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish majburiyatini yuklaydi.
- Shuningdek, Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, bolani chet davlatda nazoratsiz qoldirish, xuddi shunday xatti-harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa yoxud bolaning sud tomonidan belgilangan muddatda O‘zbekistonga qaytarilishini ta’minlamaslik, BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorida jarima yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
a) Takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo`lsa;
b) Badanga o’rtacha og’ir yoki o’ir shkast etkazilishiga sabab bo’lsa,-360 soatdan 480 soatgacha majburiy jamoat ishlariyoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklashyoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi.
a) O’ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo`lsa;
b) Jabrlanuvchining o’limiga sabab bo’lsa;
c) boshqa og’ir oqibatlarga sabab bo’lsa, ya’ni og‘irlashtiruvchi holatlarda sodir etilsa, uni sodir etgan shaxs 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Jarqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi